25-26 oktyabr kunlari “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taşkil etilgan Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlaştiruvçi kengaşining 40-yiğilişi hamda Muvofiqlaştiruvçi komissiyaning 42-yiğilişi bölib ötdi. Bu haqda aksiyadorlik jamiyati axborot xizmati ma’lum qildi.

Ma’lumot örnida, Muvofiqlaştiruvçi kengaş – Markaziy Osiyo energetika tizimlarining hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlaştiriş, yoqilği-energetika resurslaridan kompleks foydalanişni ta’minlaş, energetika sohasida xöjalik yurituvçi sub’yektlar örtasida tuzilgan şartnomalarni amalga oşiriş böyiça maslahat organi hisoblanadi.

Markaziy Osiyo elektr energetika Muvofiqlaştiruvçi kengaşining navbatdagi raisi – “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ boşqaruvi raisi Dadajon Aynaquloviç Isaqulov.

Elektr energetika sohasi rahbarlari yiğilişining kun tartibidan 2023 yilning vegetatsiya davrida suv resurslarini samarali foydalaniş böyiça amalga oşirilgan işlar, energiya taqçilligi va yirik avariyalarning oldini oliş, hamkorlikning istiqbolli rejalari, 2023 yil kuz-qiş mavsumiga tayyorgarlik köriş çora-tadbirlari, yöl qöyilgan ayrim kamçiliklar va ularning yeçimlari, mintaqadagi milliy va xalqaro dispetçerlik markazlari mutaxassislarining malakasini oşiriş, özaro tajriba almaşiş va tarmoq iş faoliyatiga raqamli texnologiyalarni tatbiq etişda özaro kelişuv va hamkorlikni joriy etiş kabi masalalari atrofliça tahlil qilinib, muhokama etildi.

Xalqaro tadbirda Özbekiston, Tojikiston, Qozoğiston va Qirğiziston elektr energetika taşkilotlari rahbarlari va mutaxassislari, şuningdek, Özbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi “Milliy dispetçerlik markazi” DUK hamda “Energiya” muvofiqlaştiruvçi dispetçerlik markazi rahbarlari va mutaxassislari iştirok etişdi. Rossiya Federatsiyasi mutaxassislari kuzatuvçi maqomida qatnaşdi.

Tadbirga “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati mezbonlik qildi.

Işçi tartibdagi muhokamalarining boş mavzusi – 2023 yil vegetatsiya, ya’ni qişloq xöjaligining suğoriş mavsumida Markaziy Osiyoda mavjud suv resurslarini samarali boşqariş va undan oqilona foydalaniş amaliyotining yakunlariga bağişlandi. Eng dolzarb muhokamalar esa 2023/2024 yil kuz-qiş mavsumini özaro kelişuv va texnik-muhandislik bitimlariga muvofiq tarzda amalga oşirib, qiş mavsumida elektr ta’minoti barqaror faoliyatini ta’minlaşga qaratilgan kelişuvlar böldi.