Davlat aktivlarini boşqariş agentligi tomonidan 2022 yilda eng köp foyda va zarar körgan davlat iştirokidagi korxonalar röyxati e’lon qilingandi. Unda “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” AJ yilni 4,34 trillion söm zarar bilan yakunlagani qayd etilgan. Kompaniya axborot xizmati buning sabablarini ma’lum qildi.
Qayt etilişiça, aksiyadorlik jamiyatining moliyaviy faoliyati böyiça asosiy daromadi – elektr energiyasining xaridi va sotuvidan şakllanadi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Idoralararo tarif komissiyasining 7-, 10- va 12-sonli bayonlari bilan tasdiqlangan tarmoq içki tariflariga asosan, elektr energiyasini sotib oliş (örtaça 388,1 söm) va sotiş (örtaça 348,8 söm) narxlari orasidagi manfiy tafovut mavjud. Buning natijasida “Özbekiston milliy elektr tarmoqlari” har bir kW•soatdan 39,3 söm zarar köradi. Ya’ni aksiyadorlik jamiyati elektr energiyasini qimmat xarid qilib, arzon sotadi.
Misol uçun, 2023 yilning I çoragida elektr energiyasini işlab çiqaruvçi korxonalardan jami 18,6 mlrd kW•soat elektr energiyasi QQS bilan örtaça 426,2 sömdan xarid qilinib, hududiy elektr tarmoq korxonalariga 18,8 mlrd kW•soat hajmda örtaça 405,4 sömdan sotilgan, ya’ni har bir kW•soatdan 20,8 sömdan zarar körilgan.
Ma’lumot uçun, aksiyadorlik jamiyatining 2023 yil uçun tasdiqlangan biznes rejasida kompaniyaning joriy yildagi faoliyati ham zarar bilan yakunlanişi nazarda tutilgan.
Reklama huquqi asosida








