O‘zbekiston | 13:46
4569
2 daqiqa o‘qiladi

Muzaffar Komilov prezident maslahatchisi bo‘ldi

Muzaffar Komilov prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bungacha u prezident administratsiyasi diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i lavozimida ishlayotgandi.

Foto: Kun.uz

Muzaffar Murotovich Komilov prezidentning diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi, deya xabar bermoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Muzaffar Komilov davlat boshqaruvi, diniy-ma’rifiy sohalar va ta’lim tizimida katta tajribaga ega mutaxassis hisoblanadi. U turli yillarda bir qator mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan. Jumladan, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

Shuningdek, u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tizimida boshqarma boshlig‘i bo‘lib ishlagan, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida prorektor lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Komilov 2022 yildan boshlab O‘zbekiston prezidentining jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi sifatida ham ishlagan.

Bundan tashqari, u O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori sifatida ham faoliyat yuritgan va diniy-ma’rifiy ta’lim hamda ilmiy tadqiqotlar sohasidagi ishlarga rahbarlik qilgan.

2026 yil mart oyidan buyon Prezident administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamentining boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.

 

 

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid