Prezidentning tegişli farmoni bilan Dilnoza Kattaxonova boş vazir örinbosari – Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
U şu munosabat bilan Yoşlar işlari agentligi direktorining birinçi örinbosari lavozimidan ozod etildi.
Öz navbatida, 2022 yil martidan buyon Xotin-qizlar va oila işlari qömitasiga rahbarlik qilgan Zulayho Mahkamova boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

Dilnoza Kattaxonova 1991 yil 2 iyulda Qöqon şahrida tuğilgan. Mirzo Uluğbek nomidagi Özbekiston Milliy universitetining bakalavriat va magistratura bosqiçlarini tamomlagan. Siyosiy fanlar böyiça falsafa doktori (PhD) darajasiga ega, Harvard universitetining Jon Kennedi nomidagi davlat boşqaruvi maktabining magistrlik dasturi tinglovçisi.
Kattaxonova turli yillarda «Kamolot» yoşlar harakati, Özbekiston Xotin-qizlar qömitasi va Yoşlar ittifoqida işlagan, «Kamalak» bolalar taşkilotiga rahbarlik qilgan.
2020 yil iyulida Yoşlar işlari agentligi direktori örinbosari, 2023 yil dekabrida agentlik direktorining birinçi örinbosari etib tayinlangandi.
U Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindori, «Döstlik» ordeni, «Xalqlar döstligi» va «Jismoniy tarbiya va sport a’loçisi» kökrak nişonlari bilan taqdirlangan.











