Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zi halok bo‘lgan taqdirda Eronga misli ko‘rilmagan zarba berish bo‘yicha ko‘rsatma qoldirganini ma’lum qildi.
Bu haqda u New York Post nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
«Men ularning ro‘yxatida anchadan beri borman. Biz shu bilan shug‘ullanyapmiz. Men faqat ko‘rsatma qoldirdim: agar o‘zim bilan biror narsa sodir bo‘lsa, ularni hech qachon ko‘rilmagan darajada bombardimon qiling», dedi Tramp.
Shu hafta Isroil AQShni Eronning prezidentni o‘ldirish uchun yangi fitnasi haqida ogohlantirgani haqidagi xabarlarga javoban Tramp gap yangi reja haqida emas, balki Tehron ko‘p yillardan beri uning o‘limini xohlayotganini aytdi.
«Yo‘q, yo‘q. Isroil yangi narsani topmadi. Men allaqachon Erondagi qotillar ro‘yxatida birinchi o‘rinni egallaganman. Umid qilamanki, meni sog‘inasiz», deb qo‘shimcha qildi u.
NYP nashrining yozishicha, Eron 2020 yilda harbiy arbob Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilish to‘g‘risida buyruq berganidan beri Trampni o‘ldirishga ochiqchasiga intilmoqda. Bu vaqt ichida prezidentga qarshi bir nechta suiqasdlarning oldi olindi, jumladan, 2024 yil 13 iyul kuni Pensilvaniya shtatining Batler shahrida bo‘lib o‘tgan saylovoldi mitingida o‘q uning qulog‘iga tegib o‘tgan edi.
Bu hafta AQSh va Eron o‘rtasidagi keskinlik kuchaydi. AQSh va Isroil operatsiyasi boshida o‘ldirilgan Eron oliy rahbari Ali Xominaiyni dafn etish marosimida namoyishchilar Trampni o‘ldirishga chaqiruvchi ulkan bannerlarni yoyishdi.
Ikki kun oldin Tramp jurnalistlarga suiqasd qurboni bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
Ertasi kuni Tramp Anqaradagi NATO sammitidan o‘tgan yili Qatar tomonidan sovg‘a qilingan samolyot o‘rniga eski Air Force One samolyotida (birinchi raqamli bort) uchib ketdi, deb yozdi The New York Times. Amerika yetakchisi bu qarorni Maxfiy xizmat tavsiyasiga ko‘ra qabul qildi, deyiladi maqolada.
Mart oyida Tramp Eron hukumati uni ikki marta o‘ldirishga uringanini aytgan edi. Keyin u taxmin qilingan suiqasdlarni AQSh va Isroilning Eronga zarba berish qarori va respublika oliy rahbari Ali Xominaiyning o‘ldirilishi bilan bog‘ladi.
Tehron suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi ayblovlarni rad etdi.
Mavzuga oid
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
11:07 / 10.07.2026
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
08:59 / 10.07.2026
Eronda Ali Xominaiy dafn etildi
20:35 / 09.07.2026