Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p tibbiy xizmat Toshkent shahrida ko‘rsatildi
2026 yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9,1 trillion so‘mga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qilishicha, joriy yilning dastlabki besh oyida sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 9,1 trillion so‘mni tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 14,7 foizga ko‘p.
Ko‘rsatilgan xizmatlar tarkibida 16,8 foiz tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari, 20 foiz shifoxona muassasalari xizmatlari hamda 63,2 foiz boshqa turdagi sog‘liqni saqlash xizmatlari hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida eng katta hajm Toshkent shahrida qayd etilgan bo‘lib, bu yerda sog‘liqni saqlash xizmatlari 4,2 trillion so‘mni tashkil etgan.
Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (862,1 mlrd so‘m), Samarqand viloyati (694,1 mlrd so‘m), Farg‘ona viloyati (593 mlrd so‘m) va Andijon viloyati (428,9 mlrd so‘m) qayd etilgan.
Shuningdek, Namangan viloyatida xizmatlar hajmi 415 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 353,9 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 335,9 mlrd so‘m va Qashqadaryo viloyatida 332,7 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Eng past ko‘rsatkichlar esa Qoraqalpog‘iston Respublikasi (158,6 mlrd so‘m), Navoiy viloyati (157,9 mlrd so‘m) va Sirdaryo viloyati (169,7 mlrd so‘m) hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Mavzuga oid
08:20 / 25.05.2026
Buxoroda sog‘liqni saqlash tizimidagi korrupsion sxema fosh etildi
14:27 / 10.02.2026
2025 yilda tibbiy xizmatlar narxi oshishi qayd etildi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
11:49 / 01.11.2025