Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Janubiy Afrika milliy jamoasining 25 yoshli futbolchisi vafot etdi
Jyeyden Adams 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining uchta o‘yinida maydonga tushgandi.
Janubiy Afrika milliy jamoasi va "Mamelodi Sandaunz" klubi yarimhimoyachisi Jyeyden Adams 25 yoshida vafot etdi, deb xabar berdi The Guardian.
Futbolchi o‘limining sababi ma’lum qilinmagan.
JAR sport vaziri Geyton Makkenzi ushbu xabar bo‘yicha bayonot berdi.
"Bugun Janubiy Afrika futboli o‘zining eng yorqin yosh iste’dodlaridan birini yo‘qotdi. Mamlakatimiz uning oilasi, jamoadoshlari va yosh iqtidorning akademiyadan JAR milliy jamoasiga qadar o‘sib borishini kuzatgan millionlab muxlislar bilan birgalikda qayg‘uda", - dedi Makkenzi.
Adams professional faoliyatini "Stellenbos" klubida boshlagan bo‘lib, 2025 yilda mamlakatning eng sovrindor "Mamelodi Sandaunz" klubiga o‘tgandi.
U milliy jamoa tarkibida to‘qqizta o‘yin o‘tkazgan va bitta golga mualliflik qilgan. Adams 2026 yilgi jahon chempionati guruh bosqichining uchta o‘yinida maydonga tushgandi.
Mavzuga oid
17:13 / 22.08.2024
40 yillik tutqunlikda - Janubiy Afrika hayvonot bog‘idagi so‘nggi fil ozod etildi
14:36 / 24.08.2023
BRICS tarkibiga yana 6 ta davlat qo‘shiladi
14:07 / 11.07.2023
Janubiy Afrikada qor yog‘di. Bunaqasi 10 yildan beri kuzatilmagandi
23:05 / 01.06.2023