Hukumat aholiga qalinroq kiyinişni tavsiya qilgan, çunki mamlakatning katta qismini sovuq front qamrab olgan va bu kamida bir hafta saqlanib qolişi kutilmoqda.
«Hozirça qor yoğişi jiddiy muammo keltirib çiqarmayapti», — deya xabar qilgan BBC muxbiriga Janubiy Afrika meteorologiya xizmati (Saws).

Yoxannesburg aholisi qor bilan qoplangan köçalarga maftun bölib qolgan — bu ular yaşaydigan hududda öta noyob hodisa.
«Ayrim öquvçilar, men ham ular bilan, qor bilan yaqindan tanişiş uçun taşqariga çiqdik… kimdir qor nimaligini biladi, boşqalar esa bu şunçaki boşqaçaroq yomğir deb öylaşadi», — deydi boşlanğiç sinf öqituvçisi Agnes Mideva.
Uy xodimasi Nobuxosi Stompi BBC bilan suhbatda yölni qor qoplagani tufayli işga bormagani va heç qaçon bunday manzarani körmaganini aytib bergan.
«Uyimiz issiq, şunday ekan, barçasi joyida, — deya qayd etadi nozir Billi Nksumalo. — Qor hammayoqda yoğmoqda, u rayonimiz atrofidagi dalalarni qoplab oldi — bu çindan ham çiroyli».

Qor Janubiy Afrikaning qator provinsiyalari, jumladan Şarqiy Keyp, Mpumalangu hamda Yoxannesburg va Soueto şaharlarini öz içiga oluvçi Gauteng regionida yoğgan.
Meteorologlar fermerlarga bunday sovuq haroratda çorva mollari uçun mos issiq oğilxonalar topişni tavsiya qilgan.

Hozirça bu ğayrioddiy sovuq ob-havo va qor yoğişi iqlim özgarişi natijasi yoki unday emasligini aniq aytiş qiyin.











