Janubiy Afrika milliy hayvonot boğidagi sönggi fil 40 yillik tutqunlikdan söng yovvoyi tabiatga qaytarildi.
Çarli laqabli fil 1984 yil, ikki yoşligida Zimbabvening Hvanj milliy boğida uşlangandi. Fil Janubiy Afrikadagi Boswell Wilkie sirkiga keltirilgan va fokuslarni ijro etişga örgatilgan. 2000 yillarning boşida u mamlakat milliy hayvonot boğiga köçirildi.
Sönggi yillarda hayvonlarni himoya qiliş guruhlari filning soğliği haqida qayğurib, uni ozod qiliş talabi bilan çiqdi.
20 avgust kuni yovvoyi tabiat huquqlarini himoya qiluvçi EMS fondi fil “ozodlik tomon tört soatlik maşaqqatli safar”dan söng Limpopo viloyatidagi Şambala xususiy qöriqxonasidagi yangi uyiga yetib kelganini e’lon qildi.
Bayonotda aytilişiça, filning ozod etilişiga Janubiy Afrika hukumati bilan köp yillik muzokaralardan söng erişilgan. EMS Foundation va uning hamkorlari fillar hayvonot boğlarida azob çekişini körsatadigan ilmiy dalillarni taqdim etgan.
Hayvonot boğida Çarli törtta filning ölimiga guvoh bölgan, ular orasida hali bir oyga tölmagan bolasi ham bor edi.
2019 yilda fil tutqunlikdagi hayvonlarga xos stress alomatlarini körsatayotgani haqida xavotirlar paydo böldi. Hayvonot boğini boşqaradigan Janubiy Afrika Milliy bioxilma-xillik instituti esa buni rad etdi.
“Hamkorlarimiz bilan birgalikda Çarlining yolğizligiga barham beriş va uning öziga mos uyda farovon yaşaşini köriş uçun tinimsiz işladik,” — dedi EMS fondi bilan hamkorlik qilgan Four Paws boş direktori Jozef Pfabigan.
Filning yangi uyi 10 000 gektarlik qöriqxona bölib, u yerda fillarning rivojlanayotgan populyatsiyasi mavjud. Qöriqxonada hayvonlar yovvoyi tabiatga muvaffaqiyatli qayta integratsiya qilib kelinadi.
Hududda Çarli veterinariya va mutaxassislar tomonidan diqqat bilan kuzatib boriladi. Qayd etilişiça, jonivorda allaqaçon yangi muhitga moslaşiş belgilari namoyon bölmoqda.
Filni köçirişga rahbarlik qilgan veterinar doktor Amir Halil Çarli reabilitatsiya va oziqlantiriş dasturi ostida ekani, yaqin oylarda uni yanada kattaroq hududga qöyib yuboriş rejalaştirilganini aytdi.
EMS direktori Mişel Pikover Yohannesburgdagi hayvonot boğida ham uçta fil borligini aytdi. “Biz bu masalada Yoxannesburgga qarşi sudga murojaat qilyapmiz”,








