Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik nufuzli senator Lindsi Grem vafot etdi
Butun faoliyati davomida tashqi siyosatga katta e’tibor qaratgan Lindsi Grem Rossiya bilan urushda Ukrainaning ashaddiy tarafdori edi. Shuningdek, u Eronga qarshi urush boshlash qarorini qabul qilishda Trampga katta ta’sir ko‘rsatgan siyosatchilardan biri bo‘lgani aytiladi.
Respublikachi senator Lindsi Grem «qisqa va kutilmagan kasallik»dan keyin 71 yoshda vafot etdi. Bu haqda The Washington Post senator idorasiga tayanib xabar tarqatdi, hozircha boshqa tafsilotlar keltirilmadi.
NBC News telekanali xabar berishicha, shanba kuni kechqurun senatorning Kapitoliy tepaligidagi uyiga yurak xuruji bog‘liq chaqiruv bo‘yicha tez yordam yetib kelgan. Xabarda bemorning shaxsi oshkor etilmagan.
Grem ilk bor 2002 yilda Senatga saylangan, 20 yildan ortiq vaqt davomida tashqi siyosat va mudofaa siyosatidagi yorqin shaxslardan biriga aylangan. Senatning hozirgi tarkibida u budjet qo‘mitasi raisi bo‘lib ishlagan va prezident Donald Trampning muhim ittifoqchisi hisoblangan.
Grem RF hukumatining ashaddiy tanqidchilaridan biri edi va bir necha marta Rossiyaga qarshi sanksiyalar haqidagi qonun loyihalarini muhokamaga kiritgan. 2024 yil fevralida Rosfinmonitoring uni «Ekstremistlar va terrorchilar ro‘yxati»ga kiritgandi.
U, shuningdek, AQShning qat’iy tashqi siyosati va Amerika qurolli kuchlarini kuchaytirish tarafdori edi. AQSh prezidenti Donald Trampning Eron bilan urush boshlash qarorida u ham katta rol o‘ynagani aytiladi.
Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘ida shunday yozdi: «Senator Lindsi Grem men tanigan eng buyuk inson va buyuk sanatorlardan biri edi. U doimo chinakam amerikalik vatanparvar bo‘lgan. Lindining yo‘qligi juda seziladi».
Ukrainadagi nashrlar yozishicha, 10 iyul kuni Grem Kiyevga kelgan va Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan uchrashgandi.
«Putin Ukrainada to‘xtamaydi, – degandi Grem 2023 yilda BBC uchun bergan intervyusida. – Ukrainada zaiflik ko‘rsatish esa Tayvanda yutqazish demakdir».
Mavzuga oid
22:16 / 10.07.2026
Tramp o‘zi o‘ldirilgan taqdirda Eronni «bombalab tashlashni» buyurdi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:32 / 09.07.2026