Jamiyat | 20:20
3406
2 daqiqa o‘qiladi

Atamalar komissiyasi yangi so‘z va atamalar ro‘yxatini e’lon qildi

Ro‘yxatdan 41ta so‘z o‘rin olgan bo‘lib, jumladan, breket - tishsim, brend - xosnom, mikser - qorg‘ich, suflyor - shivirchi, xeshteg - kalitso‘z, xostel - qo‘noquy deyilgan.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar komissiyasi o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan yangi so‘z va atamalar ro‘yxatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, Atamalar komissiyasi tomonidan turli fan va faoliyat sohalariga oid atamalar muntazam ravishda tahlil qilinib, ularning milliy til me’yorlariga mos muqobillari ishlab chiqilmoqda hamda belgilangan tartibda rasmiy iste’molga kiritilmoqda.

“Ushbu jarayon o‘zbek tilining ilmiy va rasmiy uslubdagi imkoniyatlarini kengaytirish, terminologik tizimni milliylashtirish, atamalarning yagona me’yor asosida qo‘llanishini ta’minlash hamda davlat tilining nufuzini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, ro‘yxatda turli sohalarga oid xorijiy o‘zlashmalarning ilmiy asoslangan, o‘zbek tili qoida va me’yorlari asosida shakllantirilgan hamda rasmiy muomalaga kiritiladigan o‘zbekcha muqobillari berilgan.

Ilova qilingan ro‘yxatdan 41ta so‘z o‘rin olgan bo‘lib, jumladan, breket — tishsim, brend — xosnom, datchik — sezgich, dedlayn — so‘ngmuddat, mikser — qorg‘ich, suflyor — shivirchi, xeshteg — kalitso‘z, xostel — qo‘noquy deyilgan.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid