O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzurida Atamalar komissiyasi faoliyati tashkil qilinadi.

Hukumat qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzurida jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi Atamalar komissiyasi tashkil etiladi.

Quyidagilar Komissiyaning asosiy vazifalari etib belgilanadi:

ilmiy asoslangan yangi so‘z va atamalarni rasmiy iste'molga kiritish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi tushunchalar va atamalarning turlicha izohlash ehtimolini istisno etadigan tarzda qonun hujjatlarida qabul qilingan ma'nosiga muvofiq yagona shaklda va to‘g‘ri qo‘llanishi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida adabiy til qoidalari va normalariga hamda yuridik, texnik va boshqa maxsus qoidalarga rioya etilishini ta'minlash;

boshqa tillarning qoidalari tufayli kelib chiqishi mumkin bo‘lgan nomuvofiqliklarni normativ-huquqiy hujjatlar normalariga muvofiq tahrir qilish;

o‘zbek tiliga kirib kelayotgan yangi atamalarni qonunchilikka joriy etish va amalda qo‘llashning huquqiy muammolarini o‘rganish, ushbu sohadagi munosabatlarni huquqiy tartibga solishning rivojlanish yo‘nalishlarini aniqlash;

vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarga atamashunoslik masalalari bo‘yicha maslahatlar berish.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Davlat tilini rivojlantirish departamenti huzuridagi Atamalar komissiyasi a'zolarining ro‘yxati:

Shuhrat Tursunovich Rizayev - “O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, filologiya fanlari nomzodi, komissiya raisi

Minhojiddin Mirzajonovich Hojimatov - Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi rahbari, komissiya raisi o‘rinbosari

Shuhrat Samardinovich Sirojiddinov - Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor, komissiya raisi o‘rinbosari

Murtazo Mamatqulovich Qarshiboyev - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi sho‘'ba mudiri