O‘zbekiston | 19:41
2263
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya yo‘lladi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, Qatar davlatining sobiq amiri shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi.

Foto: Press-slujba prezidenta

Hamdardlik maktubida shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy uzoq yillar Qatar davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi turmush darajasi va farovonligini yuksaltirish, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgani, o‘z Vatanining chinakam fidoyi va olijanob farzandi bo‘lgani ta’kidlanadi.

“O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga munosib ulush qo‘shgan shayx Hamad Ol Soniy a’lo hazratlarining yorqin xotirasi va o‘chmas nomi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi”, - deyiladi maktubda.

O‘zbekiston rahbari Qatar amiriga, uning oila a’zolari va barcha yaqinlariga, butun Qatar xalqiga chuqur hamdardlik izhor etdi.

Qatarning sobiq amiri, mamlakat taraqqiyotining asosiy me’morlaridan biri bo‘lgan shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy 12 iyul kuni 74 yoshida vafot etdi.

Дилшодбек Асқаров
Tayyorlagan Дилшодбек Асқаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid