Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrif buyuradi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun Toshkent viloyatining Bekobod shahriga tashrif buyurib, O‘zbekiston metallurgiya kombinatida amalga oshirilayotgan ishlar hamda istiqbolli investitsiya loyihalari bilan tanishadi.
Tashrif doirasida davlat rahbari mamlakatning yirik sanoat korxonalaridan biri hisoblangan O‘zbekiston metallurgiya kombinatida ishlab chiqarish jarayonlari, modernizatsiya ishlari va amalga oshirilayotgan yangi loyihalarning borishi bilan tanishishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, prezident raisligida mamlakatda qora metallurgiya sanoatini yanada rivojlantirish, tarmoqning raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish va sohaga investitsiyalarni jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkaziladi.
Yig‘ilishda tarmoqni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish darajasini oshirish, yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish hamda qora metallurgiya sanoatining kelgusi rivojlanish istiqbollari muhokama qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:13
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga elektropoyezdda bordi
19:41 / 12.07.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya yo‘lladi
09:16 / 11.07.2026
Prezident ta’lim tizimi bo‘yicha yangi maqsadlarni belgiladi
23:22 / 10.07.2026