Jamiyat | 17:35
1410
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilandi

Respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli hajmi 278,6 million kVt·soatga yetdi. 

Foto: Kun.uz

13 iyul kuni yozgi elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi, deb xabar berdi Energetika vazirligi.

Qayd qilinishicha, respublika bo‘yicha sutkalik elektr energiyasi iste’moli hajmi 278,6 million kVt·soatga yetdi. Bu o‘tgan yozgi mavsumda qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdan 6 million kVt·soatga yoki 2,2 foizga ko‘p.

Avvalgi yozgi rekord 2025 yil 18 iyul kuni qayd etilgan bo‘lib, elektr energiyasining sutkalik iste’moli 272,6 million kVt·soatni tashkil etgandi. Shu kuni havo harorati markaziy hududlarda 40 darajagacha, cho‘lli hududlarda esa 42—44 darajagacha ko‘tarilgan edi.

13 iyulda sutkalik elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi 281,5 million kVt·soatni tashkil etdi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid