Jahon | 20:02
1483
2 daqiqa o‘qiladi

Ukraina bosh vaziri Yuliya Sviridenko iste’foga chiqarildi

Ukraina Oliy Radasi bosh vazir Yuliya Sviridenko va Vazirlar Mahkamasining iste’fosini qo‘llab-quvvatladi.

Foto: AP

Sviridenkoning ketishini yoqlab 258 deputat ovoz berdi, deb yozdi «Suspilne». Sviridenko bilan birga Ukraina hukumati ham iste’foga chiqadi.

Deputatlar yangi bosh vazirni 16 iyul kuni saylashni rejalashtirmoqda. U tayinlangunga qadar hukumatni bosh vazir o‘rinbosari Denis Shmigal boshqaradi.

«Bir yil avval bo‘lgani kabi, hukumatning asosiy vazifasi Rossiyaning doimiy hujumlari sharoitida qishdan omon qolish bo‘ladi. O‘tgan yili ham ruslar bizni muzlatishni xohlagandi. Ular buni uddalay olmadi. Kelgusi qishga tayyorgarlik ko‘rish uchun biz barcha hududlarning barqarorligini ta’minlash rejalarini tasdiqladik va ularni har kuni amalga oshirmoqdamiz», dedi Sviridenko.

Sviridenko Ukraina hukumatini bir yildan kamroq vaqt boshqardi. U 2025 yil iyul oyi o‘rtalarida ish boshlagan edi.

Sviridenkoning ketishi Zelenskiy davrida hukumat rahbarining to‘rtinchi o‘zgarishidir. Uning iste’fosini u o‘tgan hafta e’lon qilgan edi.

Ukraina matbuoti «Naftogaz» rahbari Sergey Koretskiy yangi bosh vazir bo‘lishi mumkinligini yozmoqda. Sviridenkoga esa Ukrainaning AQShdagi elchisi lavozimi taklif qilindi, ammo u hozircha bu lavozim haqida qarorini e’lon qilmadi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid