Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng yirik oltin va kumush zaxiralari qaysi davlatlarda?
AQSh Geologiya xizmati (USGS)ning Mineral Commodity Summaries 2026 hisoboti asosida tayyorlangan yangi reytingda dunyodagi eng yirik oltin, kumush va platina guruhi metallari zaxiralariga ega davlatlar ma’lum qilindi. Tahlil ushbu strategik ahamiyatga ega qazilma boyliklarning jahon bo‘ylab qanday taqsimlanganini ko‘rsatadi.
Mutaxassislar ta’kidlashicha, qimmatbaho metallar nafaqat investitsiya vositasi, balki sanoat, elektronika, tibbiyot va «yashil» energetika uchun ham muhim xomashyo hisoblanadi. Agar oltin an’anaviy ravishda kapitalni saqlash vositasi sifatida qaralsa, kumush va platina guruhi metallari yuqori texnologiyali ishlab chiqarish tarmoqlarida keng qo‘llanadi.
Oltin zaxirasida Avstraliya peshqadam
Hisobotga ko‘ra, Avstraliya 13 ming tonna razvedka qilingan zaxira bilan dunyoda eng yirik oltin zaxirasiga ega mamlakat hisoblanadi. Bu jahon oltin zaxiralarining qariyb beshdan bir qismini tashkil etadi.
Ikkinchi o‘rinni Rossiya 12 ming tonna bilan egallagan. Bir vaqtlar oltin qazib chiqarish bo‘yicha mutlaq yetakchi bo‘lgan Janubiy Afrika Respublikasi esa hozir uchinchi o‘ringa tushgan.
Avstraliya va Rossiya hissasiga dunyodagi ma’lum oltin zaxiralarining qariyb 40 foizi to‘g‘ri keladi. Markaziy banklar tomonidan oltin xaridlari ortib borayotgani va yangi konlarda metall miqdori kamayib borayotgani sharoitida bu zaxiralar yanada strategik ahamiyat kasb etmoqda.

Kumush bo‘yicha Peru birinchi
Razvedka qilingan kumush zaxiralari bo‘yicha Peru 110 ming tonna bilan yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Rossiya va Avstraliya joylashgan.
Mutaxassislar qayd etishicha, oltindan farqli ravishda kumush zaxiralari bir yoki ikki davlatda jamlanmagan. Dunyodagi kumush zaxiralarining taxminan uchdan ikki qismi birinchi beshlikka kirgan davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Kumush asosan quyosh panellari, elektronika va turli sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qo‘llanadi. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari rivojlanishi bilan ushbu metallga bo‘lgan talab yanada ortishi kutilmoqda.
Platina guruhi metallari JARda to‘plangan
Platina guruhi metallari zaxiralari esa jahon bo‘ylab ancha notekis taqsimlangan. Hisobotga ko‘ra, Janubiy Afrika Respublikasi ushbu metallar razvedka qilingan zaxiralarining taxminan 83 foiziga ega bo‘lib, mutlaq yetakchi hisoblanadi.
JAR va Rossiyadan tashqari boshqa mamlakatlarda platina guruhi metallari zaxiralari nisbatan kam. Bu esa jahon ta’minot zanjirini ayrim davlatlardagi har qanday uzilishlarga sezgir qilib qo‘yadi.
Platina guruhiga platina, palladiy, rodiy, iridiy, osmiy va ruteniy kiradi. Ushbu metallar avtomobil katalitik neytralizatorlari, elektron qurilmalar, zargarlik buyumlari, tibbiy uskunalar hamda kelajak energetikasining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblangan vodorod yoqilg‘i elementlarini ishlab chiqarishda qo‘llanadi.
Mavzuga oid
15:46 / 14.07.2026
NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi
21:34 / 13.06.2026
Andijonda oltinlarni turli nayranglar orqali olib kirishga uringan shaxslar to‘xtatib qolindi
09:00 / 10.06.2026
Zangiotada yirik kumush savdosiga chek qo‘yildi
12:12 / 09.06.2026