Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi
18 iyuldan Toshkent – Bekobod – Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnov yangi zamonaviy elektropoyezd bilan amalga oshiriladi. Yangi tarkib konditsioner, USB quvvatlantirish portlari, videokuzatuv tizimi hamda imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan.
«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ ma’lum qilishicha, 2026 yil 18 iyuldan boshlab Toshkent – Bekobod – Toshkent shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanadi.
Yangi elektropoyezdda konditsioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, qulay va zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.
Qatnov jadvaliga ko‘ra, 7050-sonli poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan soat 18:34 da yo‘lga chiqib, Bekobodga 21:38 da yetib boradi. 7049-sonli poyezd esa Bekoboddan soat 06:00 da jo‘nab, Toshkent Markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.
Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan.
Chiptalarni temiryo‘l kassalari hamda elektron platforma orqali xarid qilish mumkin.
Mavzuga oid
05:32
Toshkentda YPX mototsikllari ishtirokida avariya ro‘y berdi
20:43 / 16.07.2026
Toshkent va Nurafshonni bog‘lovchi yo‘l vaqtincha yopildi
18:00 / 16.07.2026
“Poytaxt Parking” atrofida munozara: jarima, e’tirozlar va izohlar
17:14 / 16.07.2026