Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livandagi chiqindilar muammosi tufayli norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi
Livan poytaxti Bayrut shahrida politsiya va namoyishchilar o‘rtasida jiddiy to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi va 15 kishi jarohatlandi.
Mahalliy OAVda yozilishicha, politsiyachilar namoyishchilarni tarqatish uchun ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va rezina o‘qlardan foydalangan.
Politsiya hukumat saroyi va parlament binosiga yorib kirishga uringan namoyishchilarni qo‘lga olgan.
"Ba’zi chiqindilarni qayta ishlab bo‘lmaydi", degan yozuvli plakatni ko‘tarib olgan namoyishchilardan biri. Bu plakatda livanlik siyosatchilar surati tushirilgan.
Bu tartibsizliklar 1 oy oldin mamlakatdagi eng katta chiqindixona yopib qo‘yilgani bilan bog‘lanmoqda.
Hukumat shahar ko‘chalarini tozalash va chiqindilarni yo‘q qilish muammosini hal qila olmayotgani sababli odamlar ko‘chalarga chiqqan.
Butun yoz davomida chiqindilar shahar ko‘chalarida yoqilgan va havoga o‘tkir hidli moddalar tarqalgan.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026