Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Iroq janubida 2ta portlash yuz berib, 8 kishi halok bo‘ldi
Iroq janubidagi Es-Samava shahrida avtomobillarga o‘rnatilgan portlovchi qurilmalar harakatga keltirilishi orqali sodir etilgan 2 terakt oqibatida kamida 8 kishi halok bo‘lgan va 16 kishi jabrlangan. Bu haqda Reyter agentligi xabar tarqatdi.
Agentlikning mahalliy politsiya vakiliga asoslangan holda xabar berishicha, avtomobillarning birinchisi ma'muriy bino oldida, ikkinchisi bu binodan uzoq bo‘lmagan joydagi avtobus bekatida sodir etilgan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi, jarohatlangan holda shifoxonalarga olib borilganlarning aksarining ahvoli og‘ir ekani aytilgan.
Qayd etilishicha, bu shaharda asosan shialar istiqomat qiladi.
Bu terakt uchun hozircha hech qaysi tomon javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Mavzuga oid
21:16 / 28.06.2026
Iroqda 50ga yaqin amaldor va deputatlar korrupsiyada ayblanib hibsga olindi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
16:40 / 20.04.2026
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026