Kurd jangarilariga qarshi amaliyotlar vaqtida turkiyalik 3 harbiy halok bo‘lib, 14 harbiy jarohatlandi
Turkiya janubi-sharqida Kurdiston ishchilar partiyasi jangarilariga qarshi o‘tkazilgan aksilterror amaliyotlar vaqtida 3 nafar harbiy halok bo‘lgan va 14 nafar harbiy jarohatlangan. Bu haqda 1 may kuni Turkiya bosh shtabi ma'lumot bergan.
"1 may kuni Mardin viloyati hududidagi Nusaybin shahrida Kurdiston ishchilar partiyasi ayirmachilari hujumi vaqtida 3 harbiyimiz halok bo‘ldi, 14 nafari jarohatlandi va zudlik bilan shifoxonaga olib borildi", deyiladi xabarda.
2015 yilning iyulida kurd jangarilari bilan ziddiyat yangilanganidan keyin Turkiya armiyasining 400 nafardan ortiq harbiysi va politsiyachilar halok bo‘lgan.
Turkiya prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘tgan vaqt ichida 5000 nafardan ortiq jangari yo‘q qilingani haqida axborot bergan. Kurdlarning Xalq demokratik partiyasi rahbari esa harbiy to‘qnashuvlar vaqtida halok bo‘lganlar orasida yuzlarcha tinch aholi vakillari borligi haqida aytgan.
Mavzuga oid
21:46 / 30.10.2024
Erdo‘g‘an kurdlarni «Turkiya asrini» birgalikda qurishga chaqirdi
08:30 / 24.10.2024
Turkiya Kurdiston ishchilar partiyasining Suriya va Iroqdagi obektlariga zarba berdi
16:53 / 25.12.2022
Parijda kurdlarga hujumdan keyin tartibsizliklar boshlandi
00:32 / 04.12.2022