Texnologiya | 14:23 / 01.05.2016
16797
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbektelekom» provayderlar uchun internet xizmatlari tariflarini tushirdi

«O‘zbektelekom» aksiyadorlik kompaniyasi 27 apreldan e'tiboran O‘zbekiston provayderlari uchun tashqi kanal internet xizmatlari tariflari 1 Mbit/sekundga 112,91 dollargacha tushirilishini rasmiy veb sayti orqali e'lon qildi

Joriy yilda tariflar oltinchi marta tushirilishi: 13 yanvardan — 1 Mbit/sekundga 156,24 dollar, 1 fevraldan — 141,94 dollar, 17 fevraldan — 136,34 dollar, 1 martdan — 133,62 dollar, 2 martdan — 115,26 dollar narx qo‘yildi; 27 apreldan tarif 112,91 dollar qilib belgilanadi.

2015 yilda internet xizmatlari narxi 17 marta tushirilgan edi. 29 yanvarda 259,29 dollar turgan xizmatlar narxi dekabrda 157,60 dollargacha tushirildi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid