AKTning keng rivojlanişi jumladan mehnat munosabatlari sohasidagi odamlar uçun ham qöşimça imkoniyatlarni oçdi. Bugun nafaqat kompaniya ofisi, balki mintaqa, hatto respublika taşqarisida turib ham işlaşga heç nima xalaqit bermaydi. Bizning şarhimizda – masofaviy rejimdagi mehnat munosabatlarida nazarimizda eng muhim bölgan nozik jihatlar va bu mavzu böyiça amaliy tavsiyalar.
Bozor iqtisodiyoti taraqqiyotini inobatga olgan holda ijtimoiy hayotning turli sohalariga AKTni joriy qilişning zamonaviy tendensiyalari mehnat sohasini ham çetlab ötmaydi: bosqiçma-bosqiç izlanuvçilar va bölğusi iş beruvçilarni ajratib turuvçi çeragalar şartlilar jumlasiga ötmoqda. Umuman masofaviy rejimda işlaş, aniq afzalliklardan taşqari, bunday munosabatlarning yetarliça normativ tartibga solinmaganligi bilan boğliq muayyan qiyinçiliklar va savollarni yuzaga keltiradi.
Demak, xodimni masofaviy iş şartlarida rasmiylaştirişda iş beruvçida vujudga kelişi mumkin bölgan bir neçta savollar.
Bunday iş qonunçilikni buziş hisoblanmaydimi?
Haqiqatan, amaldagi qonuniy maqbul keladigan iş tuşunçasi unga qöyiladigan talablardan biri sifatida transportda qatnaş jihatdan qulaylikni közda tutadi. Mehnat kodeksining (MK) 63-moddasiga asosan iş doimiy yaşaş joyidan ança uzoq bölsa va transportda qatnaş jihatdan qulay bölmasa maqbul keladigan iş deb hisoblanişi mumkin emas.
Bundan taşqari, yaqinda vaqtinça yoki doimiy propiskasiz yoxud turgan joyi böyiça hisobda turmasdan yaşab turgan fuqarolarni işga qabul qiliş uçun javobgarlik kiritildi (Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 2232-moddasi1).
Eslatib ötamiz, doimiy propiskaga ega bölmagan, biroq Toşkent şahri yoki Toşkent viloyatida beş kundan ortiq turgan şaxslar içki işlar organlarida hisobga olinadi2, pasport tizimini buzuvçilarga nisbatan Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksnig 223-moddasi bilan jarima közda tutilgan. Fuqarolarning bu toifasi uçun uzoqda turib işlaş – işga joylaştirişning yaxşi varianti hisoblanadi hamda öz majburiyatlarini masofaviy bajariş töğrisidagi şartnoma boşqa joylardan kelganlarni hisobga oliş rejimini buziş hisoblanmaydi.
Modomiki amaldagi mehnat töğrisidagi normativ hujjatlar masofaviy iş rejimida işlaşga bevosita taqiqni saqlamas ekan, tegişinça, bunday iş ham qonunni buziş hisoblanmaydi.
Har qanday uzoqda turib işlaydigan xodim kasanaçi hisoblanmaydimi?
Masofaviy xodimlardan farqli ölaroq qonunçilikda kasanaçilar mehnatining huquqiy rejimi xususiyatlari aks etgan.
Kasanaçilar – bu tuzilgan mehnat şartnomasiga muvofiq kasanaçining yaşaş joyi böyiça yoki unga yoki uning oila a'zolariga tegişli bölgan boşqa binolarda iş beruvçining buyurtmalari böyiça tovarlar işlab çiqariş yoki xizmatlar körsatişni amalga oşirayotgan şaxslardir3. Kasanaçilikni taşkil qiliş, inçunun, texnologik jarayon uy şaroitlarida butlovçi buyumlarning ayrim turlarini, yarim tayyor mahsulotlar, mahsulotlar va işlarni işlab çiqariş imkonini beradigan sanoat tarmoqlarida kooperatsiya şaklini namoyon qiladi.
Mavzuga oid
Umuman kasanaçilikka doir masalalarni tartibga soladigan NHH eskirgan hamda zamonaviy sörovlarga töliq hajmda javob bermaydi. Kasanaçilikni aniqlaş asosiga qöyilgan mezonlar (işlab çiqariş faoliyati, iş joyiga mulk huquqining mavjudligi) xodimlarning mazkur toifasiga kiritiş mumkin bölgan şaxslar doirasini jiddiy toraytiradi.
Şunday ekan, şubhasiz, iş beruvçi joylaşgan joyi yoki uning tarkibiy bölinmasidan taşqarida işlaydigan har kim ham amaldagi huquqiy normalar tufayli kasanaçi hisoblanavermaydi.
Hozir şunday vaziyat yuzaga kelmoqdaki, unga köra masofaviy xodimlarning alohida toifasi vujudga kelmoqda, huquqiy tartibga soliş esa mavjud emas. Bundan qonunçilikni takomillaştiriş va mazkur kamçilikni töldiriş zarurati töğrisida xulosa çiqariş mumkin.
Har kim ham uzoqda turib işlaş rejimida işlaşi mumkinmi?
Aytiş joizki, bunday iş şakli byudjyet sohasi taşkilotlariga töğri kelişi amri mahol. Ular amaldagi mehnatga haq tölaşning Yagona tarif setkasiga, xizmatçilarning asosiy lavozimlari va işçilar kasblari Klassifikatori5 asosida tasdiqlangan ştat jadvaliga tayanadigan kadrlar siyosati bilan çegaralangan. Byudjyet taşkilotlarida xodimlarga iş haqi hisoblab yoziş uçun majburiy tartibda iş vaqtining tabel hisobi yuritiladi. Keltirilgan normativlardan çetga çiqiş byudjyet intizomini buzişga, oqibatda, közda tutilgan taşkilot mansabdor şaxsining belgilangan javobgarligiga olib kelişi mumkin.
Xususiy taşkilotlar ham masofaviy iş töğrisidagi şartnomani har bir mutaxassis bilan tuza olmaydi – talay kasblar baribir odamning bevosita iş joyida bölişini közda tutadi. Şuning uçun mazkur masalada bunday rejimda bajarilayotgan majburiyatlar natijasini jiddiy yomonlaştirmasdan xodim bilan özaro munosabatlarning real imkoniyatlaridan kelib çiqiş zarur.
Masofaviy xodimga hujjatlar qanday tartibda rasmiylaştiriladi?
Masofaviy rejimda öz mehnat majburiyatlarini bajarayotgan xodim va iş beruvçi örtasidagi asosiy kommunikatsiya şakli bölib elektron yozişmalar hisoblanadi. Elektron yozişmalarning yuridik kuçi töğrisida şu yerda batafsil ma'lumot berilgan.
Elektron hujjatlar tuziş bilan işga qabul qilişni rasmiylaştiriş amaldagi mehnat qonunçiligiga zid emas. Mehnat şartnomasi va uning asosida çiqarilgan işga qabul qiliş töğrisidagi buyruq xodim tomonidan körsatilgan elektron poçtaga yuborilişi mumkin. Bunday hujjat şakli “Elektron hujjat aylanişi töğrisida”6 Qonunga binoan qoğoz hujjatga tenglaştiriladi va u bilan bir xil yuridik kuçga ega böladi, başarti u barça zarur rekvizitlarni (ERI7, nomi, jönatuvçining poçta va elektron manzili, hujjatni yaratiş sanasi) saqlasa. Körsatilgan hujjatlarning ekvivalentlari ham qoğozda rasmiylaştirilişi, tegişli tarzda iş beruvçi tomonidan tasdiqlanişi va xodimga poçta orqali yuborilişi mumkin.
Boşqa kadrlar böyiça tartibotlar: mehnat ta'tili taqdim qiliş, mehnat şartnomasini özgartiriş yoki bekor qiliş va boşqalar ham şunga öxşaş tarzda rasmiylaştiriladi.
MKning 80-moddasida işga qabul qilişda iş beruvçiga taqdim qilinadigan hujjatlarning tugal röyxati keltiriladi. Bu:
pasport yoki uning örnini bosadigan boşqa hujjat, ön olti yoşgaça bölgan şaxslar esa, - tuğilganlik töğrisidagi guvohnoma va turar joyidan ma'lumotnoma;
mehnat daftarçasi, birinçi marotaba işga kirayotgan şaxslar bundan mustasno. Örindoşlik asosida işga kirayotgan şaxslar mehnat daftarçasi örniga asosiy iş joyidan olgan ma'lumotnoma;
harbiy xizmatga majburlar yoki çaqiriluvçilar tegişinça harbiy biletni yoki harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnomani;
qonun hujjatlariga muvofiq maxsus ma'lumotga yoki maxsus tayyorgarlikka ega şaxslargina bajarişi mumkin bölgan işlarga kirayotganda oliy yoki örta maxsus, kasb-hunar öquv yurtini tamomlaganligi töğrisidagi diplom yoxud mazkur işni bajariş huquqini beradigan guvohnoma yoki boşqa tegişli hujjat.
Bunda barça hujjatlar, bundan mehnat daftarçasi mustasno, iş beruvçiga elektron şaklda raqamli nusxalar körinişida taqdim qilinişi mumkin.
Masofaviy xodimning mehnat daftarçasini ikki variantda töldiriş mumkin. Birinçisi. Agar qabul qilinayotgan xodim birinçi marta işga joylaştirilayotgan bölsa, iş beruvçi mustaqil ravişda unga mehnat daftarçasi oçişi va unga tegişli qaydlar kiritişi kerak, mehnat şartnomasi bekor qilinganda esa uni poçta orqali xodimga jönatişi kerak.
Ikkinçisi. Xodimda mehnat daftarçasi bölgan taqdirda işga qabul qilinganligi töğrisidagi belgini qöydiriş uçun uni iş beruvçiga topşiriş yoki poçta orqali yoxud kurerlik yetkazib beriş yo uni şaxsan yoki notarial tasdiqlangan işonçnomaga ega vakili orqali taqdim qilişga töğri keladi.
Albatta, mazkur holatda rasmiylaştirilayotgan hujjatlar öziga xos xususiyatlarga ega. Mehnat şartnomasi xodim masofaviy rejimda mehnat qilayotganligiga körsatmani saqlaşi darkor. Mazkur formulirovka mehnat şartnomasiga töliq muvofiq ravişda masofaviy xodimni işga qabul qiliş töğrisidagi buyruqda körsatiladi. Şuningdek iş beruvçi taşkilotning içki mehnat tartiboti qoidalari va lokal hujjatlari masofaviy iş töğrisida tuzilgan mehnat şartnomasi mohiyatiga zid kelmaydigan qismida xodimga tatbiq etilişini hisobga oliş zarur.
Bundan taşqari, xodim tomonidan ma'lum dasturiy ta'minot, uzatiladigan ma'lumotlarning kriptografik himoya vositalaridan va h.k. foydalaniş masalalari alohida şartlaşib olinişi kerak.
Masofaviy xodimning iş vaqti hisobi qanday yuritiladi?
Xodim fizik jihatdan iş beruvçi hududidan taşqarida joylaşganligini inobatga olib, unga aniq iş rejimini (olaylik, har kuni 9.00 dan 18.00 gaça ikki dam oliş kuni bilan beş kunlik iş haftasi) faqat u tomondan bajarilayotgan faoliyat tusi buni talab qilsa va iş beruvçining haqiqatda xodim tomonidan örnatilgan iş rejimiga rioya qilinişini nazorat qilişi imkoniyati bölgan taqdirda örnatiladi. Bu masofaviy iş töğrisida mehnat şartnomasida körsatilgan bölişi kerak.
Boşqa hollarda xodim öz majburiyatlarini öz vaqtida va sifatli bajargan holda iş va dam oliş vaqtini öz ixtiyoriga köra taqsimlaşga haqli. Bunday xodimga tabel (agar taşkilotda iş vaqtining tabel hisobi közda tutilgan bölsa) taşkilotda joriy qilingan tartibga muvofiq: mehnat qonunçiligida belgilangan uning me'yoriy davomiyligi töğrisidagi talablarga muvofiq iş vaqtining oddiy yoki jamlab hisobga oliş körinişida töldiriladi.
Masofaviy xodimlarga tölovlar qanday amalga oşiriladi?
Har bir xodimga, şu jumladan masofaviy xodimga u tomondan amalga oşirilayotgan faoliyatga boğliq muayyan tölovlar: iş haqi, kafolat va kompensatsiya hisoblab yoziş, iş vaqtidan taşqari işlaganlik (iş vaqti rejimiga boğliq holda) uçun tölanadi.
Mazkur masalada maqbul variant – xodimga tölanişi lozim bölgan barça pullarni xizmat körsatuvçi bankda iş haqi loyihalari doirasida bank xizmati körsatiş şartnomasi asosida oçilgan xodimning bank plastik kartasiga ötkaziş hisoblanadi. Bu holatda faqat xodimning yozma roziligini olib, tegişli kelişuvga keliş talab qilinadi. Şuningdek xodimda mavjud faol plastik kartaning tranzit hisobvaraği raqamini sörab oliş mumkin.
Şunday mutaxassisni fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnoma böyiça rasmiylaştiriş oson emasmi?
Albatta, amaldagi qonunçilik doirasida taraflarning majburiyatlarini haq evaziga xizmat körsatiş yoki pudrat şartnomasi bilan rasmiylaştiriş mumkin. Biroq munosabatlarni mehnat qonunçiligiga muvofiq rasmiylaştiriş mehnat şartnomasi taraflarida muayyan hukuqiy maqom mavjudligini közda tutadi, bu xodim uçun, xususan, qonun bilan közda tutilgan kafolatlar va imtiyozlarda ifodalanadi, ulardan har kim ham voz keçişga şoşilmaydi. Örni kelganda şuni ham aytib ötiş kerakki, fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnomada yillik asosiy yoki qöşimça mehnat ta'tili huquqi közda tutilişi mumkin emas, eng muhimi, agar şartnoma böyiça tölanayotgan summalardan ijtimoiy suğurtaga majburiy ajratmalar amalga oşirilmasa, fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnoma böyiça iş davri pensiyaga huquq beradigan mehnat stajini aniqlaşda hisobga olinmaydi.
Boşqaça aytganda, mazkur masalani hal qilişda ijtimoiy paket belgilovçi ahamiyatga ega.
Bundan taşqari, fuqarolik-huquqiy tusdagi şartnomani tuziş har qanday masalaga yeçim emas hamda zarur hujjatlarni rasmiylaştiriş, bajarilgan iş uçun gonorar tölaş va h.k. masalalarni hal qilişni közda tutadi.
***
Umuman olganda masofaviy iş mavzusi yetarliça keng va talay masalalarni kötaradi. Biroq biz uzoqda turib işlaş rejimida iş beruvçilar va xodimlar özaro munosabatlarining boşlanğiç bosqiçida eng dolzarb jihatlarni yoritişga harakat qildik.