Quriliş va loyiha taşkilotlari reytingi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 9 noyabrdagi 699-son qaroriga asosan şakllantiriladi. Reyting avtomatik tarzda önga yaqin vazirlik va idoralar ma’lumotlari asosida hisoblanadi.
Jumladan, işçi-xodimlar soni hamda ularga eng kam iş haqidan kam bölmagan oylik hisoblanganligi haqidagi ma’lumotlar Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi hamda Soliq qömitasi bazalaridan olinadi. «Şaffof quriliş» milliy axborot tizimi bu ma’lumotlarni özgartiriş yoki soxtaligini aniqlaş vakolatiga ega emas, tizim faqat mavjud ma’lumotlarni jamlab reyting.mc.uz platformasida oçiq e’lon qiladi.
Bunday holatlarning oldini oliş maqsadida Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi bilan hamkorlikda şaxsning roziligisiz işçi sifatida rasmiylaştirişni çeklaş, şuningdek, bir fuqaroning bir neçta taşkilotda asossiz rasmiylaştirilişini oldini oliş böyiça tartiblar işlab çiqilmoqda.
Quriliş taşkilotlari reytingini pasaytiriş mexanizmi faqat ularning rasmiy faoliyati natijalariga asoslanadi. Davlat xaridlarida esa «Davlat xaridlari töğrisida»gi qonunga muvofiq, yolğon yoki soxta hujjat taqdim etgan taşkilotlar Insofsiz ijroçilarning yagona reyestriga kiritiladi va uşbu reyestrni yuritiş Iqtisodiyot va moliya vazirligi vakolatiga kiradi.
Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 31 yanvardagi 46-son qaroriga muvofiq agar quriliş taşkiloti tender yoki reyting jarayonida soxta ma’lumot taqdim etgani aniqlansa, tegişli idoralarning rasmiy xulosasi asosida Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi tomonidan mazkur taşkilot böyiça elektron bayonnoma bekor qilinadi.
Şu bois soxta ma’lumot kiritgan quruvçilar qonunçilikda belgilangan tartibda tegişli reyestrga kiritilişi yoki ularga nisbatan çoralar körilişi mumkin.

















