Unda ta’kidlanişiça, Polşa mehnat bozori köplab sohalarda malakali işçi kuçi yetişmasligi muammosiga duç kelmoqda.

"Polşa kompaniyalari Markaziy Osiyodan, birinçi navbatda, Özbekistondan kelgan işçilarga yuqori qiziqiş bildiryapti. Özbeklar özlarining mehnatsevarligi, öz kasbini yaxşi körişi va intizomliligi, boşqa mutaxassisliklarni egallaşga intiluvçanligi uçun Polşada qadrlanadi. Bu öz navbatida, Polşa korxonalarining kadrlar yetişmovçiligini samarali töldiriş imkonini beryapti", –deb yozadi jurnal.

Materialda, şuningdek, Polşaga işçilarni yollaş jarayonini takomillaştiriş maqsadida Worksol Group kompaniyasi Özbekistonda öz ofisini oçgan haqida ma’lum qilingan.

"Xavfsiz va munosib mehnat şaroitlari hamda yaxşi maoş – Özbekistondan Polşaga salohiyatli işçilarni jalb qilişda asosiy omil bölayotir, – deb yozgan naşr. – Şuningdek, xorijiy tillarni egallaşga bölgan yuqori iqtidor, xususan, rus tilini biliş ham polşalik iş beruvçilar bilan muloqotni ança osonlaştirmoqda".

Dziennik Wschodni jurnalida bosilgan maqola xulosasida, "Polşa agentliklarining Markaziy Osiyo mehnat bozorida öz mavqeyini mustahkamlaşi xalqaro hamkorlikni kengaytiriş va polyak korxonalarini malakali işçilar bilan ta’minlaşda muhim qadam böldi. Özbekistonlik mutaxassislarning Polşa mehnat bozoriga kirib kelişi esa mamlakatimiz uçun ulkan imkoniyatlar taqdim etadi", – deb yozilgan Dziennik Wschodni jurnalida.