Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya bosh vaziri Dovudo‘g‘li o‘z iste'fosi haqida e'lon qildi
Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo‘g‘li o‘z lavozimidan va Adolat va taraqqiyot partiyasi rahbarligidan ketishi haqida rasman e'lon qilgan.
Davuto‘g‘li 22 may kuni bo‘lib o‘tadigan partiyaning navbatdan tashqari qurultoyida partiya rahbarligi uchun o‘z nomzodi bilan ishtirok etmasligini ma'lum qilgan. Bu qarorga u partiya boshqaruvidagi nufuzli a'zolar bilan muhokamalardan keyin kelgan.
Davuto‘g‘lining aytishicha, shu yo‘l bilan partiyaning birdamligi va barqarorligini saqlab qolish mumkin. Uning qayd etishicha, u og‘ir davrda o‘tkazgan o‘z faoliyatidan mamnun va o‘zini kerakli ishlarni bajargan hisoblaydi.
Ahmad Dovudo‘g‘li 2014 yilda Turkiya bosh vaziri lavozimini egallagandi. Uni Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘zining o‘rniga partiya rahbarligida qoldirgandi. So‘nggi vaqtlarda Erdo‘g‘an va Dovuto‘g‘li o‘rtasida kurdlar muammosi hamda hukumatni tanqid qiluvchilarni ta'qib qilish masalalari borasida ziddiyatlar yuzaga kelgan. Shuningdek, siyosatchilar migratsiya muammosi masalasida qarama-qarshi fikrlarda bo‘lib kelishmoqda.
Qolaversa, Dovudo‘g‘li Erdo‘g‘anning prezident vakolatini kengaytirish, bosh vazirning darajasini kamaytirish va parlament tizimini isloh qilish bo‘yicha qarorlariga qarshi chiqqan.
Shu tufayli keyingi vaqtlarda Turkiya matbuotida Dovudo‘g‘lining boshqa odamga almashtirilishi haqida xabarlar tarqatilgandi. Yangi bosh vazir nomi Turkiya hukmron partiyasining 22 may kuni o‘tkaziladigan navbatdan tashqari qurultoyi vaqtida ma'lum qilinishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
21:48 / 28.01.2026
Ravshan Mamatov Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligi direktori lavozimidan ozod etildi
15:09 / 27.01.2026
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi rahbari ishdan olindi
17:00 / 06.10.2025
Fransiyada siyosiy inqiroz: yangi hukumat 14 soatda iste’foga chiqdi
23:42 / 04.08.2025