10:23 / 10.05.2016
25576

Milliy universitetning yangi qiyofasi uchun loyihalar taqdim etildi

O‘zbekistonda yetakchi universitetlardan biri sifatida e'tirof etiladigan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining tashqi ko‘rinishi o‘zgarishi bo‘yicha ishlar boshlangan.

Mutaxassislar universitetning yanada tarovatliroq, go‘zalroq qiyofaga ega bo‘lishi uchun yangi-yangi loyihalarni taqdim etishmoqda.

Quyida ana shu loyihalarning ayrimlari keltirilgan.

Bu suratda metroning Beruniy bekati tomonidan qaralganda O‘zMUga qarab boriladigan ravon yo‘llar va yo‘laklar, ramziy darvozaning ko‘rinishi aks etgan. (Biroq, unga O‘zMU rektorining hali ba'zi e'tirozlari bor. Ya'ni, rektorning taklifiga ko‘ra Mirzo Ulug‘bek haykali O‘zMUning bosh maydoniga o‘rnatilishi maqsadga muvofiqdir).

Loyihachilarning taklifiga ko‘ra esa Mirzo Ulug‘bek haykali shu joyda savlat to‘kib turishi ko‘proq ma'no kasb etadi.

Ushbu suratda o‘sha metroning Beruniy bekati bilan O‘zMU hududi oralig‘ida bunyod etilajak xiyobon, yengil mashinalar saqlanadigan maxsus maydon (avtoturargoh) o‘z aksini topgan.

Universitet hududiga kirib-chiqish yo‘lagi va eshigi ko‘rinishi.

Universitet bosh binosiga kiriladigan joyning ko‘rinishi.

O‘zMU Axborot xizmati bu borada yangi takliflar va g‘oyalarni kutib qolishini ma'lum qilgan.

Top