Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagondagilar Ikkinchi jahon urushidagi g‘alabaning 71 yilligi haqida yoddan chiqarishdi
9 may kuni odatiy brifing vaqtida Pentagon matbuot xizmati rahbari Piter Kuk bu kun Ikkinchi jahon urushida Germaniya ustidan qozonilgan g‘alabaning 71 yilligi ekani yodidan ko‘tarilganini tan oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar yozgan.
Qayd etilishicha, AQSh Mudofaa vazirligi o‘tkazgan brifing vaqtida bir necha bayonotlar bildirilgan, ammo G‘alaba kuni haqida eslanmagan. Jurnalistlar Kukka bu haqida eslatishgan.
"Ha, bu tarixdagi muhim kun, menga buni eslatganingiz uchun rahmat. Bugun ko‘p voqealar bo‘lib o‘tdi va bu haqda ro‘yxatimda belgilanmagan ekan. Lekin men dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bu kun bayram qilinayotganini ko‘rdim", degan u.
Shu bilan birga u hech kimni bayram bilan tabriklamagan.
Mavzuga oid
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
17:22 / 03.04.2026
Pit Hegset uch nafar yuqori martabali generalni iste’foga chiqardi
14:08 / 29.03.2026
The Washington Post: Pentagon Eronda quruqlik amaliyoti o‘tkazishga tayyorlanmoqda
19:47 / 18.03.2026