AQŞ quruqlik qöşinlari ştabi boşliği general Rendi Jorj iste’foga çiqdi. Amerika naşrlariga köra, bu iste’fo Pentagon rahbari Pit Hegset talabi bilan röy bergan.
AQŞ mudofaa vazirligi rasmiy vakili Şon Parnell X ijtimoiy tarmoğida Jorj «quruqlikdagi qöşinlar ştabining 41-boşliği lavozimidan zudlik bilan nafaqaga çiqarilgani» haqida yozgan.
AQŞning sönggi yillardagi eng yirik harbiy amaliyoti (Eronga qarşi uruş) davrida ştab boşliğining özgarişi juda ğayrioddiy qadam bölib körinmoqda.
61 yoşli Jorj – Amerikadagi eng nufuzli Uest-Poynt harbiy akademiyasi bitiruvçisi hisoblanadi. U Fors körfazidagi birinçi uruşda iştirok etgan, şuningdek, Iroq va Afğonistondagi harbiy harakatlar faxriysi hisoblanadi.
Uning iste’fosi sababi haqida rasman xabar qilinmagan. «Biz uning xizmatidan minnatdormiz, ammo armiya rahbariyatini almaştiriş vaqti keldi», – degan CBS News naşriga Pentagon rasmiysi anonim tarzda.
Jorjning örniga general Kristofer La Niv armiya ştabiga vaqtinça rahbarlik qilib turadi.
Bundan taşqari, yana ikki nafar yuqori martabali zobit işdan olingan: AQŞ armiyasini özgartiriş va tayyorlaş qömondonligi rahbari, general Devid Hodne va armiya Kapellanlar korpusi boşliği, general-mayor Uilyam Grin.
Jorjning iste’fosi bilan Pentagon rahbari Pit Hegset prezident va harbiy vazir maslahatlaşadigan Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasini qaytadan şakllantiriş jarayonini deyarli yakunladi.
CBS News naşri eslatişiça, Jorj muqaddam Bayden ma’muriyatida mudofaa vaziri bölgan Lloyd Ostinning yordamçisi edi.
Ötgan yilning kuzida Jorj quruqlikdagi qöşinlar vaziri Den Driskoll boşçiligidagi AQŞ harbiy delegatsiyasi tarkibida Ukrainaga borgan va tinçlik muzokaralari muhokamasida qatnaşgandi.
Donald Tramp Oq uyga kelganidan söng 10 dan ortiq yuqori martabali harbiylar öz lavozimlaridan ayrildi, ular orasida Ştab boşliqlari birlaşgan qömitasi raisi general Çarlz Braun, Harbiy-dengiz floti ştabi boşliği admiral Liza Franketti, Harbiy-havo kuçlari ştab boşliği örinbosari general Jim Slayf va harbiy razvedka boşliği Jeffri Kruz bor. Hegset ularning köpçiligini Trampga sadoqatsizlikda ayblagan.
Bundan taşqari, Pentagon rahbari azaldan armiya vaziri Den Driskoll bilan kelişmaydi. «Hegset Driskollni işdan böşatolmaydi. Çunki u uning hayotini jahannamga aylantiradi», – degan naşr manbalaridan biri.













