Jamiyat | 19:42 / 10.05.2016
8789
2 daqiqa o‘qiladi

“Shayx Zayniddin” masjidi vakillari “Xotira va qadrlash” kunida xayriya tadbirlari o‘tkazdi

Oqibat va totuvlik bor yurtda qut-baraka bo‘ladi, deydi ko‘pni ko‘rganlar. Zero, yurtimizda 9 mayning “Xotira va qadrlash kuni” sifatida nishonlanishida o‘ziga xos ramziy ma'no bor. Ushbu kun nafaqat yurt tinchligi, Vatan ozodligi yo‘lida aziz jonlarini fido qilgan, yurt taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shgan minglab insonlarni xotirlash, haqlariga duo qilish, shu bilan birga, yaqinlar, nuroniylar, mehr va muruvvatga muhtoj kishilar holidan xabar olish, ularning yolg‘iz emasligi, doimo e'tiborda ekanligini yana bir bor his etishlarini ta'minlash kuni sifatida ham qalbimizdan joy olgan sanadir. Aynan shu bayram munosabat bilan barcha go‘shalarda xayriya tadbirlari o‘tkazib kelinadi.

Xususan, “Shayx Zayniddin” jome masjidi tomonidan muntazam ravishda qator tadbirlar, xayru ehsonlar tashkil etilib kelinmoqda. Jumladan, joriy yilning 8-9 may kunlari “Xotira va qadrlash” kuniga bag‘ishlab masjid atrofidagi “Islomobod”, “Oqilon”, “Bog‘ ko‘cha”, “Shofayz” mahallalarida istiqomat qiluvchi keksalar, shuningdek nogironlar holidan xabar olindi. Ularga sovg‘a-salomlar, oziq-ovqat mahsulotlari berildi. Bu haqda “Shayx Zayniddin” jome' masjidi matbuot xizmati xabar bergan.

Tashrif chog‘ida yurt tinchligi, hurriyat yo‘lida qurbon bo‘lgan yurtdoshlar yodga olindi. Ular haqqiga duoi fotiha qilindi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid