Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Yamanga qarshi sanksiyalarni uzaytirdi
AQSh prezidenti Barak Obama kongressni Yamanga qarshi sanksiyalarni uzaytirish qaroridan xabardor qildi. Bu sanksiyalar 2012 yilda kiritilgandi. Bu haqda 12 may kuni Oq uy ma'lum qildi.
"Yaman hukumatining ba'zi a'zolari va boshqalarning harakati va siyosati Yamandagi tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka tahdid qilmoqda hamda Yaman hukumati va muxolifat o‘rtasidagi hukumatning tinchlik bilan topshirilishini ko‘zda tutgan 2011 yil 23 noyabrdagi kelishuvning amalga oshirilishiga xalaqit beradi", deb Obamaning so‘zlari keltirildi xabarda.
Sanktsiyalar amal qilishi 16 may kuni tugashi kerak edi.
Yamanda "Ansor Alloh" shialar harakati isyonchi-xusiychilari va armiyaning sobiq prezidenti Ali Abdulloh Salohga ro‘yxushlik qiluvchi qismi hamda prezident Abd Rabbo Mansur Xodiy qo‘shinlari o‘rtasida qurolli ixtilof davom etmoqda. Xodiy qo‘shinlarini yerda va havodan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi arab koalitsiyasi kuchlari qo‘llab-quvvatlamoqda.
Mavzuga oid
16:12 / 20.01.2026
Oltin va kumush narxi tarixiy eng yuqori ko‘rsatkichga ko‘tarildi
13:50 / 20.01.2026
Sizning JCh-2026 uchun chiptangiz: O‘zbekiston fuqarolari AQSh turist vizasini qanday olishlari mumkin?
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
21:52 / 19.01.2026