Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OPeK neft qazib olish ko‘rsatkichini sakkiz yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yetkazdi
Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkiloti aprel oyida neft qazib olishni kuniga 330 ming barrelga oshirib, 32,76 million barrelga yetkazgan. Bu 2008 yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir. Xalqaro Energetika agentligi hisobotida shu haqda ma'lum qilinmoqda.
Ushbu natijaga Eron, Iroq va BAAda neft qazib olishning ko‘payishi hisobiga erishilgan. Bu, o‘z navbatida, Kuvayt va Nigeriyadagi neft qazib olinishi pasayishining o‘rnini to‘ldirgan. Saudiya Arabistoni kuniga 10,20 million barrel neft qazib olgan, Eron hissasiga esa 3,56 million barrel to‘g‘ri keladi.
Agentlikning fikricha, tashkilot OPeKning iyun oyida bo‘ladigan sammiti arafasida neft qazib olishni ko‘paytirishda davom etadi. Shu bilan birga, XEA tashkilotga kirmagan mamlakatlar neft qazib olishni pasaytirishini taxmin qilmoqda. U kuniga 800 ming barrelga kamayib, 56,8 million barrelga tushadi.
10 may kuni, Saudiya davlat neft qazib olish kompaniyasi Saudi Aramco rahbari Amin Nasser podshohlik 2016 yili uglevodorodlarni ko‘proq qazib olish rejalarini oshkor qilgan edi.
Shu kunning o‘zida Nigeriya neft vaziri Emmanuel Kachikvu qora oltin qazib olish hajmini bir yarim baravar oshirib, kuniga 2,3-2,5 million barrelga yetkazishini bildirdi.
Bugungi kunda OPeK tarkibiga 13 davlat kiradi: ular orasida Saudiya Arabistoni, Eron, Iroq, BAA, Nigeriya va Venesuela davlatlari bor.
Mavzuga oid
10:41 / 16.01.2026
O‘zbekiston olmasi eksportida asosiy ulush ikki davlat hissasiga to‘g‘ri keldi
12:34 / 15.01.2026
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Iroqqa eksport qilinadi
14:00 / 05.01.2026
Suriyaga o‘zbek mahsulotlarini eksport qilish boshlanadi
11:30 / 05.01.2026