Jizzax viloyati mahallalarida munosib raislar saylanmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining joriy yil 5 martdagi “Fuqarolar yig‘inlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatchilari sayloviga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, Jizzax viloyatida ham fuqarolar yig‘inlari raislari va ularning maslahatchilari saylovi yuksak saviyada o‘tkazilmoqda.
Saylovga puxta taraddud ko‘rildi. Saylovni tashkil etish va o‘tkazishga ko‘maklashuvchi viloyat, tuman va shahar komissiyalari, ishchi guruhlar tomonidan aholi o‘rtasida tushuntirish-targ‘ibot ishlari olib borildi. Mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari lavozimiga obroʻ-eʼtiborli, faol va tashabbuskor nomzodlar ko‘rsatildi. Har bir ko‘cha, qishloqdan vakillar yig‘ilishida ishtirok etuvchilar ro‘yxati shakllantirildi.
Jizzax shahridagi “Uchariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari saylovi ham demokratik tamoyillar asosida yuksak saviyada o‘tkazildi.
– Prezidentimiz rahnamoligida mahallaning ijtimoiy mavqeini yuksaltirish, vakolatlari doirasini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar yuksak samaralar bermoqda, – deydi mehnat faxriysi Umarqul Qobilov. – O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonuniga kiritilgan yangi huquqiy me'yorlar fuqarolar yig‘inlari faoliyatini takomillashtirib, ularning ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi vakolat va vazifalarni bajarishdagi mas'uliyatini yanada oshirdi. Endilikda mahalla fuqarolar yig‘ini ilgari davlat vakolatiga kirgan yosh avlod tarbiyasidan to hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirmoqda.
Vakillar mahalla raisligiga nomzodlar dasturi bilan tanishib, ularning tashkilotchilik, tashabbuskorlik fazilatlariga alohida e'tibor qaratdi. Qosimjon Oqilov “Uchariq” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi, maslahatchilar lavozimiga ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan 7 nafari ochiq ovoz berish yo‘li bilan maslahatchi etib saylandi.
Mavzuga oid
09:00 / 13.11.2024
1,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan sex aniqlandi
09:25 / 06.11.2024
Jizzaxda qariyb 800 mln so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan fuqaro aniqlandi
08:30 / 28.10.2024
Jizzaxda ikkita yuk mashinasi to‘qnashdi
22:09 / 14.10.2024