Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda dronlardan foydalanish uchun 10 yilga qamash taklif qilindi
"O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi qonun loyihasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida muhokama uchun joylashtirildi.
Hujjatda mamlakat havo hududidan noqonuniy foydalanish uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlikni kiritish ko‘zda tutilgan.
Havo hududidan, jumladan uchuvchisiz parvoz qurilmalaridan noqonuniy foydalanish 100 dan 200 gacha minimal ish haqi miqdorida jarima to‘lash ko‘rinishidagi ma'muriy javobgarlik yoki qoidabuzarlik buyumlarini musodara qilish bilan 15 kunga hibsga olishga olib keladi.
Agar bu qoidabuzarlik jarima to‘langandan keyin takroran sodir etilgan yoki o‘z ortidan o‘rtacha og‘irlikdagi jarohat yoki og‘ir jarohatga olib kelgan bo‘lsa, unda aybdor odam 2 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 3 oy hibsga olinish ko‘rinishidagi jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Odamning o‘limiga olib kelgan dronlar bilan harakatlar 3 yilgacha axloq-tuzatish ishlari yoki 2 yildan 5 yilgacha erkinlikni cheklash yoki 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Qurbonlar, fojia yoki boshqa og‘ir oqibatlarga olib kelgan harakatlar 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum etishga olib keladi.
O‘zbekistonga dronlarni olib kirish, sotish va ulardan foydalanish 2015 yil 1 yanvardan taqiqlab qo‘yilgan.
Mavzuga oid
12:54 / 14.03.2026
O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasida yangi bitim tasdiqlandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
12:16 / 07.03.2026
Vengriya universitetida o‘zbek tili kurslari ochiladi
09:30 / 04.03.2026