Jahon | 21:29 / 14.05.2016
10407
1 daqiqa o‘qiladi

Bangladeshda chaqmoq urishi qurbonlari soni 50 kishiga yetdi

Bangladeshning Kathmandu Post gazetasi xabar qilishicha, mamlakatda chaqmoq urishi bilan sodir bo‘lgan tabiiy ofat qurbonlari soni 50 kishiga yetgan. 

13 may kuni mahalliy OAV mamlakatning turli hududlarida yuz bergan yashin urishi hollari xaqida xabar qilgan edi. Bugungi kungacha, 35 kishining fojyea qurboni bo‘lgani aytilgan edi. 

Hayotdan ko‘z yumganlarning aksariyati fermerlar bo‘lib, ularni dala ishlari vaqtida yashin urgan. 

Tabiiy ofat qurbonlari orasida bir necha bolalar ham borligi aytilmoqda. Ularning yomg‘ir vaqtida ko‘chada bo‘lganlari umrlariga zomin bo‘lgan. 

Bangladeshga, Dakka shahri va bosh mintaqalarida bir hafta davomida jazirama hukmronlik qilgach, sel yopirilgan edi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid