Jahon | 00:23 / 15.05.2016
15857
1 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston IIV Moskvadagi ommaviy mushtlashuvning tergoviga qo‘shildi

Tojikiston ichki ishlar vazirligi vakili Moskvaning Xovan qabrstonida yuz bergan ommaviy mushtlashuvning tergoviga qo‘shildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

"Xovan qabristonida yuz bergan voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash uchun MDHga a'zo davlatlar hududida uyushgan jinoyat va boshqa xavfli jinoyatlarga qarshi kurashishni muvofiqlashtirish byurosi direktori o‘rinbosari, Tojikiston IIV vakili, militsiya general-mayori Abdug‘affor Azizov qo‘shildi", deb ma'lum qildi Rossiya IIV rasmiy vakili Irina Volk.

Avvalroq qabristondagi mushtlashuvning ishtirokchilari asosan Rossiyada noqonuniy yurgan xorijiy fuqarolar bo‘lgani ma'lum qilingandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid