Fan-texnika | 14:49 / 24.05.2016
16082
3 daqiqa o‘qiladi

Sportchi-qiz LG CORDZERO™ changyutgichi quvvati yordamida 140 metr baland binoga ko‘tarildi

Qoyalarga ko‘tariluvchi sportchi Smart Inverter Motor™ inventor motori hamda batareyaning mukammallashtirilgan texnologiyasi evaziga 33 qavatli bino devoridan yuqoriga chiqdi.
Qoyalarga chiquvchi professional sportchi Siyerra Bler-Koyl yelkasiga mustahkamlangan ikkita LG CordZero™ simsiz konteyner changyutgichlari yordamida 140 metr balanlikdagi bino devorlariga chiqishga muvaffaq bo‘ldi. CordZero™ texnologiyasi ishlab chiqarish kuchlanishini LG kompaniyasi qoyaga chiqish uchun keng litiy-ionli va so‘rg‘ichli akkumulyator bilan jihozlangan yengil og‘irlikdagi mukammal uskuna yaratish uchun Bleyr-Koyl bilan birlashgan paytda namoyish etilgan edi. 

Ayol orqasiga biriktirilgan ikkita konteynerli changyutgich bilan 33 qavatli ofis-binosidan yuqoriga ko‘tarildi va simsiz premium changyutgichlar Bler-Koyl tepaga chiqayotganda sportchining og‘irligini ko‘tarish uchun yetarli quvvatdagi so‘rilishni ta'minlab berdi. Qoyalarga chiquvchi ayol binoga ko‘tarilishni 30 daqiqadan kam muddatda yakunladi. Shu vaqt ichida u atigi bir marta – o‘ziga xos tarzda tryukni amalga oshirgan holda - changyutgichlar juftligini almashtirish uchun to‘xtadi. 

LG kompaniyasining Smart Inverter Motor™ inventor motori texnologiyasi simsiz changyutgichlar kategoriyasida eng yuqori kuchlanishni taklif etadi. Shu o‘rinda u  yuqori samaradorlikka ega hamda ixcham hajmda bo‘lib, uzoq muddat xizmat ko‘rsata oladi. Smart Inverter Motor™ oddiy motorli changyutgichlar bilan taqqoslaganda taxmina 28 foizga kichik, 24 foizga yengil va 13 foizga kuchli. Motor yuqori samarali litiy-ionli PowerPack™ 80V akkumulyatorini quvvatlantiradi, u o‘z navbatida to‘rt soatlik quvvatlanishdan so‘ng oddiy rejimda 40 daqiqalik faoliyatni ta'minlab beradi. 
“Biz moslamalar ega bo‘lgan kuchli xususiyatga ega hamda odatda barcha shunday bo‘lishi tabiiydek qabul qiladigan innovatsion texnologiyalarga e'tiborni jalb etmoqchi bo‘ldik. Ushbu loyiha tufayli esa biz bu maqsadimizni uddaladik”, - bildirdi LG kompaniyasi Home Appliance & Air Solution kir yuvish mashinalari bo‘linmasi vitse-prezidenti Saymon Jons. “Biz zamonaviy changyutgichlar o‘zida favqulodda qiyinchiliklarni bartaraf eta oluvchi noyob texnologiyalarni mujassamlashtirishini namoyish etishni istadik va Siyerra ko‘magida buning uddasidan chiqdik, deb o‘ylayman”.

 

Mavzuga oid