Jamiyat | 13:40 / 29.06.2016
8039
2 daqiqa o‘qiladi

Uchtepa tumanida “Yozni “Kamolot”bilan!” loyihasi doirasida “Deputat va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi

28 iyun kuni Uchtepa tumanidagi “Jurjoniy” mahalla fuqarolar yig‘ini binosi oldida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraksiyasi a'zosi M.A.Husanova ishtirokida “Ommaviy axborot vositalarida milliy tiklanish g‘oyasini yoshlar o‘rtasida targ‘ib etishning dolzarb vazifalari” mavzusida tuman yoshlari bilan “Deputat va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.  “Yozni “Kamolot” bilan!” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tgan mazkur uchrashuvda Harakat faollari, ta'lim muassasalari, mahalla yoshlari hamda hamkor idoralar xodimlari ishtirok etishdi.

Shuningdek, yoshlar tomonidan ommaviy axborot vositalarining yoshlar dunyoqarashini shakllanishidagi o‘rni, bugungi ijtimoiy-ma'naviy muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati to‘g‘risida berilgan savollarga deputat tomonidan batafsil javoblar berildi. 

“” YoIH Uchtepa tumani Kengashi matbuot xizmati

Mavzuga oid