Respublika böylab Özbekiston yoşlar ittifoqi hududiy kengaşlarining kengaytirilgan yiğilişlari start oldi.

Ittifoqning Farğona viloyat Kengaşining navbatdan taşqari kengaytirilgan kengaş yiğilişida Adham Jaloloviç Ahmedov viloyat Kengaşiga rais etib saylandi. Bu haqda «Kun» muxbiri Ahror Ziyo ma'lumot bergan.

Adham Jaloloviç Ahmedov 1975 yil 6 dekabr kuni Farğona viloyati Toşloq tumanida tuğilgan. Ma'lumoti oliy. Şu kunga qadar Farğona Politexnika Insituti öqituvçisi (2000 yil), «Kamolot» YoIH viloyat Kengaşida mutaxasis (2002 yil), Toşloq tuman Kengaşi raisi (2006 yil), Viloyat Kengaşi raisi (2011 yil), Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti Farğona viloyati hududiy bölinmasi yetakçi mutaxassisi (2013 yil), Fuqarolik jamiyati şakllanişini monitoring qiliş mustaqil instituti Farğona viloyati hududiy bölinmasi rahbari örinbosari (2015 yil) va hozirda Farğona viloyati hokimligi huzuridagi fuqarolarning özini özi boşqariş organlari hodimlarining malakasini oşiriş böyiça öquv kurslari direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Bundan avvalroq Özbekiston yoşlar ittifoqining Qoraqalpoğiston, Toşkent şahri va Andijon viloyati kengaşlariga raislar saylangani haqida xabarlar berilgandi.