Bugun, 10 avgust kuni Toşkentning «Paxtakor» klubi davralar oraliğidagi sönggi transferi - Rostin Griffitsni taniştirdi. Klub rasmiy saytida uşbu taniştiruv marosimidan olingan suratlar joylaştirilgan.
Matbuot anjumanlari vaqtida futbolçi yoki murabbiy ortiga klubga homiylik qiluvçi taşkilotlarning reklama bannerlari joylaştirilişi odat tusiga kirgan. Qiziq tomoni, «Paxtakor»ning bugungi taniştiruv marosimi uçun tayyorlagan bannerda «Kamolot» YoIH harakati yozuvi tuşirilgan reklamani ham köriş mumkin.


Ammo bizga ma'lumki, iyun oyida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev qaroriga binoan bu taşkilot faoliyati butunlay töxtatilgan va uning örniga Özbekiston yoşlar Ittifoqi taşkil qilingandi.
Tribuna izohi: «Paxtakor» sönggi vaqtlarda amalga oşirgan tansferlari va boşqa şov-şuvli xabarlari bilan yangi davrga ötayotganini bildirib qöymoqda. Jamoaga yangi boş murabbiy sifatida taklif etilgan Şota Arveladze dastlabki intervyusida jamoa rahbariyati unga «şunçaki klub emas, superklub tuzmoqçi ekani»ni aytgandi. Savol tuğiladi: superklubga aylaniş yölida bir qança miqdorda pul sarflab yangi futbolçilar xarid qilayotgan «Paxtakor»da bannerni almaştirib qöyiş uçun ortiqça pul yöqmi, yoki ular Prezident çiqargan qarordan bexabar qolişganmi? Yoki qaysidir tadbirkor «Kamolot» degan nomdagi yangi korxona, firma yoki şu kabi biror taşkilot tuzib darrov «Paxtakor»ga homiy bölib olib, biz bundan bexabar qoldikmikan?










