Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi
Xitoy O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollarlik kredit taqdim qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov Xitoy raisining O‘zbekistonga tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a'zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari oldidagi nutqida ma'lum qilgan.
Xitoy raisi Si Tszinpin o‘tgan haftada ShHT sammiti doirasida O‘zbekistonga davlat tashrifi uyushtirgandi.
Islom Karimov va Si Tszinpin tashrif davomida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga tashrif buyurdilar hamda Senat va Qonunchilik palatasi a'zolari oldida nutq so‘zladilar. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi 29 iyunda o‘z saytida ikki davlat rahbarining ushbu nutqlarini chop etdi.
Islom Karimov o‘z nutqida O‘zbekiston va Xitoy muzokaralar natijalariga ko‘ra ko‘plab hujjatlar imzolagani, bu hujjatlar o‘zaro hamkorlikning istiqbollari va ustuvor yo‘nalishlarini belgilashini ta'kidlab o‘tgan.
"Biz, shu jumladan Xitoy tomonidan O‘zbekistonga 2,7 mlrd dollar kredit ko‘rinishida ajratilishi haqidagi hujjatlarni imzoladik, umumiy hisobda esa 6,2 mlrd dollarlik obektlar qurilishi ko‘zda tutilmoqda", deb aytgan o‘z nutqida Islom Karimov.
Mavzuga oid
17:53 / 06.07.2026
Xitoy Tinch okeanida uzoq masofali ballistik raketasini sinovdan o‘tkazdi
20:57 / 02.07.2026
Pekindagi osmono‘par binoga urilgan samolyot uchuvchisi ruhiy kasal bo‘lgani aytildi
17:41 / 30.06.2026
Qoshg‘ar: O‘zbek mahallalarini eslatuvchi qadimiy shahar
18:15 / 29.06.2026