Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pentagon Rossiya kemasining avianosets qarshisidagi harakatlariga oydinlik kiritdi
Rossiyaning «Yaroslav Mudryy» harbiy qo‘riqchi kemasi, Amerikaning «Harri Trumen» aviatashuvchisiga xalaqit qilishga uringanidan so‘ng, «Greyvli» esminetsi unga yaqinlashgan. Bu haqda, Defense News Pentagondagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.
Manbaning uqdirishicha, Rossiya harbiy kemasi bilan bog‘liq hodisa bir soatlar davom etgan. Bunda, Rossiya HDK kemasi avianosetsni kuzatib borayotgan esminetsga juda yaqinlashib, uning manyovrni amalga oshirishiga xalaqit qilgan.
Shundan so‘ng, «Greyvli» komandiri Ellis Embroz «Yaroslav Mudryy» ataylab «Trumen»ga to‘siq bo‘lmoqchi degan taxmin bilan esminetsni qo‘riqchi kema va aviatashuvchi o‘rtasida paydo qiluvchi harakatni amalga oshirgan.
Rossiya kemasi, manbaning so‘zlariga ko‘ra, «Greyvli»ga juda yaqin xavfli masofada yaqinlashgan. Qo‘riqchi kema komandiri esa, o‘zini noprofessionallarcha tutgan.
Xususan, u radio orqali Amerika esminetsi komandiridan xavfsiz masofaga rioya etishni so‘rab, «Yaroslav Mudryy» harakati cheklanib qolganini anglatuvchi bayroqni machtaga chiqargan. Shunga ko‘ra, «Greyvli» yo‘nalishni o‘zgartirib, tezlikni oshirgach, «Yaroslav Mudryy» ham ayni ishni takrorlagan.
Foto: You Tube
Mavzuga oid
21:13 / 12.05.2026
Pentagon AQSh va Eron o‘rtasidagi urushning narxini ochiqladi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
16:21 / 24.04.2026
Pentagon Eron bilan urushdagi ixtiloflar tufayli Ispaniyani NATOdan chetlatishni muhokama qilmoqda
17:22 / 03.04.2026