Ramazon oyi kirib kelar ekan ba'zi kişilar mas'ul bölmagan narsalar haqida boşqotirib, özlari bilmagan holda özaro köngilsizliklar keltirib çiqaradilar. Ramazon oyi boşida bezovtalanib, bir-birlariga: “Falon-falon davlatda bugun röza tutibdilar, biz nima qilamiz yoki biz röza tutib qöyibmiz-ku, boşqa davlatdagilar hali tutmagan emişlar, endi nima böladi?” degan turli xil gaplar tarqatib yurişlari quloqlarimizga çalinib qolayotgani heç kimga sir emas. Bunday gaplarning tarqalişi nafaqat ramazon oyining boşlanişida, balki oxirida ham kuzatiladi. Masalan: “Falon mamlakatda bugun hayit ekan, biz esa hali rözadormiz yoki bugun bizda hayit, vaholanki falon davlat aholisi rözalarini oçmabdilar”. 

Töğri,  ba'zida bu kabi gaplar kimlargadir tasalli bölişi mumkin, lekin bora-bora bu “tasallilar” fitna eşigi oçilişiga sabab bölyapti, musulmonlar örtasida tarafkaşlik, tarqoqlik hamda ixtilofni keltirib çiqaryapti. Natijada, musulmonlar örtasida aka-ukaçilik riştalari uzilib, özaro birliklari yöqolib bormoqda.

Qança-qança kişilar borki, şariat masalalari borasida mas'ul bölgan kişilar tomonidan ramazon oyining tugaganligi va ertaga hayit namozi ekanligi haqida e'lon qilinganini eşitsalarda, bunday fatvo bilan qoniqmay, öz hamtovoqlari bilan rözalarini davom ettirişga kelişib oladilar. Yana şundaylari borki, dinda mas'ul şaxslar tomonidan ramazon oyini boşlaniş kuni e'lon qilinganini eşitadilar. Biroq özga mamlakatlarda boşqa kun ekanini bilsalar, öz yurtlaridagi mazkur fatvoga qoniqiş hosil qilmaganlari sabab, ertasi kuni röza tutmaydilar. Afsuski, bu holat har yili davom etmoqda, töxtagani yöq! Bunday holatda nima qilişimiz kerak?...

Yaxşisi, keling, barçamiz bir haqiqatga e'tiborimizni qarataylik. 

Azizlar! Şariat masalalari borasida mas'ul bölmagan, şu bilan birga ilmsiz bölgan kişilar bunday işga aralaşişlari yoki özlaridan kelib çiqib bölsin yoki boşqa mamlakatlarga qarab bölsin turli xil fikrlarni bildirişlari, ustiga-ustak insonlar orasida şak-şubhalarni paydo qilişlari behudaga vaqtni sarflaş hamda örinsiz çiraniş hisoblanadi. Nabiy alayhissalom: “Kişi öziga muhim bölmagan (behuda) narsalarni tark qilişi islomining gözalligidandir”, deya marhamat qilganlar. (Abu Hurayra rivoyati) 

Alloh taolo bandalariga vojib qilgan narsalar ikki qismdir.  

Har bir şaxs bevosita özi bajaradigan buyruqlari. Bu qismda har bir kişi öziga buyurilgan vojiblarni ado qilişi xususida mas'ul böladi.
Har bir şaxs bilvosita bajaradigan buyruqlar. Bu qismda har bir kişi musulmonlarning işboşilari ya'ni, muftiylar, imomlar tomonidan buyuriladigan vojib amallarni ado etiş xususida mas'ul böladilar. Uşbu qismdagi mas'uliyatni ana şu işboşi – rahbar öz zimmasiga oladi. Çiqargan fatvosi töğri bölişi ham mumkin, xato bölişi ham mumkin. Töğri bölsa, nur ustiga nur böladi. Mabodo çiqarilgan fatvo Yaratganning nazdida xato sanalsa, uning gunohi barçani qamrab olmaydi, balki fatvo çiqarganning öziga tegişli böladi, xolos. Lekin musulmonlar mazkur ikki holatda ya'ni, töğri topişi yoki xato qilib qöyişi mumkin bölgan holatda ham muftiylari çiqargan fatvoga, imomlari yetkazgan xabarlarga ergaşişlari, ular yöllagan yöldan yurişlari va albatta, köngillari xotirjam bölişi lozim böladi. Zero, şunday yöl tutiş Alloh taoloning buyruğiga itoat etiş demakdir.
Bu xususda Alloh taolo şunday marhamat qiladi: “Ey iymon keltirganlar! Allohga itoat qiling, Payğambarga va özingizdan bölgan işboşilarga itoat qiling”. (Niso surasi: 59-oyat)

Demak, bir yurtning diniy rahbari ramazon oyining boşlanişida “Ertaga röza tutamiz, Inşaalloh”, deb aytsa yoki Ramazon oyi yakunlanişida: “Bu keça ramazonning sönggi kuni, ertaga hayit bayramini nişonlaymiz, Inşaalloh”, deb e'lon qilsa, şu yurtning barça musulmonlari buyruqqa amal qilişi lozim böladi.

Ana endi biror bir musulmon şaxs mazkur fatvoning ziddiga amal qilişi yoki mahalla-köyda yoki qavmu-qarindoşlari oldida fitna öçoğini yoqib, falon-falon mamlakatlarni bir-biriga qiyoslaşi mutlaqo töğri emas. Şuningdek, yuqorida ta'kidlaganimizdek, Ramazon oyi kirib kelişida: “Falon-falon davlatda bugun röza tutibdilar, biz nima qilamiz yoki biz röza tutib qöyibmiz-ku, boşqa davlatdagilar hali tutmagan emişlar, endi nima böladi?” yoki Ramazon oyi yakunida:“Falon mamlakatda bugun hayit ekan, biz esa hali rözadormiz yoki bugun bizda hayit, vaholanki falon davlat aholisi rözalarini oçmabdilar”, deya musulmonlarning qalblarida özlarining diniy rahbarlariga nisbatan yomon köriş, nafratlaniş his-tuyğusini uyğotadigan turli xil fitna gaplarni tarqatişi gunoh sanaladi. Çunki, bu narsalar faqat va faqat musulmonlar orasida parokandalikni olib keladi. Bu iş tutiş şayton oçgan eşik hisoblanadi. Bu eşikning ortida faqat tarqoqlik, özaro ixtilofliklardan boşqa narsa yaşiringan emas. Alloh taolo uşbu eşikdan kirişga biz musulmonlarni buyurmagan, qolaversa, diniy rahbarlar zimmasidagi işlar haqida boş qotiriş mas'uliyatini zimmamizga yuklamagan. Qolaversa, bunday işlar bilan maşğul böliş insonning vaqtini, umrini behudaga sovuradigan işdan boşqa narsa emas.

Xulosa örnida aytiş lozimki, ijtimoiy işlarni Alloh taolo yolğiz şaxslar, fuqarolarga boğlab qöymagan. Balki, bunday işlarni musulmonlar rahbarlariga topşirgan. Töğri, gohida işboşi ham xato qilişi mumkin. Lekin ularning yöl qöygan xatolari haqida qiyomatda bizlar söralmaymiz. Balki bizlar Qur'oni karimdagi oyati karimalar hamda hadisi şariflarda kelgan buyruğ-u ögitlarga amal tariqasida rahbarlarimiz fatvolariga ergaşmoğimiz lozimdir. 

Azizlar! Mabodo ertangi kunda yuqorida aytganimizdek, biror kişilarni özaro yiğilişib olib, şu kabi fitnalarni tarqatayotganini körib qolsak, yoki eşitib qolsak, darhol bu oçilgan eşikni yopib qöymoğimiz, aytayotgan sözlari-yu, qilayotgan işlari bekordan-bekorga vaqtlarini zoye qiliş, behudaga özlarini maşaqqatga soliş ekanini uqtirişimiz, bu işning fitna ekanligi va oqibati yomon holat bilan yakunlanişini aytib, musulmonlarning yakdilligi, birligini saqlab qolişimiz barçamizning burçimizdir. Uning örniga zimmamizdagi majburiyatlar bilan maşğul bölib, avvalambor, özimizga qolaversa, yaqinlarimizga foydasi yetadigan işlarni qilmoğimiz hamda ertangi kun - qiyomat kuni mas'ul böladigan amallarni öz vaqtida ado etişimiz va kamçiliklarimizni önglaşimiz zarur.

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakatuhu!  

Kökaldoş örta maxsus islom bilim yurti mudarrisi Baratov Ğiyosiddin manbalar asosida tayyorladi / Manba: Muslim.uz