O‘zbekiston korxonalari 3,15 mingdan ziyod xorijlikni yollagan
2016 yil yanvar-may oylarida, O‘zbekistonning korxona va tashkilotlari 3,15 mingdan ortiq xorijiy fuqaroni ishga yollagan, deb ma'lum qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi rahbari Ulug‘bek Nazarov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik xorijlik mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish bilan shug‘ullanadi.
Xususan, 2015 yili 7813 ta mehnat qilish uchun ruxsatnoma olish va xorijiy ishchilarni jalb etishga oid ariza ko‘rib chiqilgan.
Ulugbek Nazarovning aytishicha, respublikaning 1469 ta korxonasida, bugungi kunda 6344 xorijlik fuqaro, bevosita agentlik ruxsati asosida mehnat qilmoqda.
Agentlikning ma'lumotlariga ko‘ra, xorijiy mutaxassislar asosan, O‘zbekistonning yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun jalb etiladi.
Mavzuga oid
02:35 / 12.11.2024
NBC: Janubiy Koreya prezidenti Tramp bilan uchrashuv oldidan golf mashg‘ulotlarini qayta boshladi
17:52 / 11.11.2024
LG dunyodagi birinchi cho‘ziluvchan displeyni namoyish qildi
12:38 / 11.11.2024
Alisher Abdusalomov Janubiy Koreya prezidentiga ishonch yorliqlarini topshirdi
00:08 / 11.11.2024