Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qutqaruvchilar Il-76 halokatga uchragan joydan halok bo‘lganlarning jasadlarini topishdi
Qutqaruvchilar Rossiya FVVga qarashli bo‘lgan va Irkutsk viloyatida halokatga uchragan Il-76 samolyoti ekipaj a'zolarining jasadlari qoldiqlarini topishdi. Bu haqda tezkor shtab xabar bergan.
Bundan tashqari, bir dona “qora quti” ham topilgan. Boshqa bir ma'lumotlarga ko‘ra, ekipajning to‘rt nafar a'zosining jasadi topilgan. Shtabning ma'lum qilishicha, 10 kishidan iborat ekipaj a'zolarining barchasi halok bo‘lgan.
«Il-76 halokatga uchragan joyda olib borilgan qidiruv ishlarida halok bo‘lganlarning jasad qoldiqlari va ikkita “qora quti”dan bittasi topilgan. Qidiruv ishlari davom ettirilmoqda», — dedi shtab vakili.
Avvalroq samolyotning halokatga uchragani rasman tasdiqlangan edi.



Suratlar TASS.
Mavzuga oid
13:40 / 28.11.2025
Samolyot eng ishonchli transport vositasi bo‘lmay qoldimi?
14:42 / 10.12.2024
RF Ukrainaga Il-76 qulashida halok bo‘lganlar jasadini topshirdi
17:00 / 16.03.2024
“Afsonaviy samolyot” – Toshkentda ishlab chiqarilgan Il-76 tarixi
17:41 / 12.03.2024