Moskva 2024 yil yanvarida Belgorod oblastida Il-76 samolyoti qulaşida halok bölgan ukrainalik harbiy asirlarning jasadini Kiyevga topşirdi. Bu haqda 9 dekabr, duşanba kuni çop etilgan RIA "Novosti" agentligiga bergan intervyusida Rossiya Federatsiyasining inson huquqlari böyiça vakili Tatyana Moskalkova ma’lum qildi.

«Ular topşirildi, bu sodir böldi va men iştirok etdim», dedi Moskalkova. U jasadlar aynan qaçon topşirilganiga aniqlik kiritmadi. Uning sözlariga köra, Rossiya va Ukraina örtasida halok bölganlarning jasadlarini almaşiş davom etmoqda va asosiy gumanitar mavzulardan biri bölib qolmoqda.

Ukraina tomonining izohi

Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab Rossiya jasadlarni topşirganini tasdiqladi, biroq qöşimça tekşiriş zarurligini bildirdi.

«Ukrainaga sönggi repatriatsiya tadbirlari davomida qurbonlarning jasadi tajovuzkor davlatdan olib kelingan, bu şaxsni qöşimça aniqlaşni talab qiladi», — deyiladi Muvofiqlaştiriş ştabining Telegram-kanalida.

«Sönggi paytlarda bir qator repatriatsiya tadbirlari ötkazildi, ular davomida halok bölganlarning jasad qoldiqlari Ukrainaga topşirildi», — deb yozdi Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubinets ijtimoiy tarmoqlarda.