“Afsonaviy samolyot” – Toşkentda işlab çiqarilgan Il-76 tarixi
|22:00 / 16.03.202430 01016 min
Bundan bir neça kun oldin Rossiyada Il-76 harbiy-transport samolyoti qulab tuşdi. Bir paytlar asosan Toşkentda işlab çiqarilgan bu samolyotdan şu paytgaça qariyb 1 000 dona tayyorlangan. Ulardan 100 dan oşiği halokatga uçragan. Bugun dunyoning 30 dan ortiq davlatida Il-76 samolyotlaridan turli maqsadlarda foydalanişmoqda. Ular orasida AQŞ kompaniyalari ham bor.
Agar SSSR aviatsiya sanoati tarixiga nazar taşlansa, 1950-1970-yillarda u gurkirab rivojlanganini köriş mumkin. Öşa paytlarda bir vaqtning özida mamlakatdagi turli aviazavodlar önlab turdagi fuqaro aviatsiyasida va harbiylar uçun samolyotlar tayyorlagan.
Mamlakatda bir vaqtning özida önga yaqin konstruktorlik byurolari işlardi. Jumladan:
“An” samolyotlari – Oleg Antonov tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida;
“Tu” samolyotlari – konstruktor Andrey Tupolev tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida;
“Il” samolyotlari – konstruktor Sergey Ilyuşin nomidagi konstruktorlik byurosida;
“Yak” samolyotlari – konstruktor Aleksandr Yakovlev nomidagi konstruktorlik byurosida loyihalaştirilardi.
Bundan taşqari, Artyom Mikoyan va Mixail Gureviç tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida “MiG” va Pavel Suxoy tomonidan taşkil etilgan konstruktorlik byurosida “Su” harbiy samolyotlari loyihasi işlab çiqarilgan.
Öşa paytlarda har yili minglab samolyotlar işlab çiqarilar ekan, sovetlar ularni mukammallaştirişga urinişmadi. 1980-yillarga kelib modellar eskirdi va xalqaro talablarga javob bermay qöydi.
Foto: mreadz.com
Oqibatda SSSR parçalanib ketgandan söng Rossiyada fuqaro aviatsiyasi uçun samolyot işlab çiqariş qariyb töxtab qoladi. Ammo ilk bor 1970-yillarda işlab çiqarilgan samolyotlarning ayrimlari bugun ham işlab çiqarilmoqda. Ulardan biri afsonaviy Il-76 samolyoti.
Bejizga bu samolyotni afsonaviy deyişmaydi. Öz vaqtida asosan Toşkentdagi aviazavodda işlab çiqarilgan bu samolyotdan umumiy hisobda 1 000 ga yaqin tayyorlangan. Ana şu körsatkiçi bilan u dunyoda yagona hisoblanadi.
Il-76 tayyorlanişi tarixi
1966 yil 28 iyun kuni SSSR aviatsiya sanoati vazirligi Ilyuşin konstruktorlik byurosiga yangi harbiy-transport samolyoti loyihasini işlab çiqariş topşiriğini beradi.
Öşa paytgaça SSSRda bir neçta turdagi harbiy-transport samolyotlari bölgan, biroq ularning ölçami va yuk kötariş quvvati past edi.
Ilyuşin konstruktorlik byurosiga berilgan topşiriqda törtta turbo dvigatel bilan jihozlanadigan, kamida 50 tonna yuk kötara oladigan yirik samolyot loyihasini tayyorlaş topşirilgandi.
Mavzuga oid
Oradan 8 oy ötib, 1967 yil 25 fevralda konstruktorlik byurosining boş konstruktori Sergey Ilyuşin Il-76 deb nomlangan yangi harbiy-transport samolyotining texnik loyihasi tayyor bölgani haqida hisobot beradi.
1967 yil 27 noyabr kuni SSSR ministrlar soveti Il-76 samolyotini işlab çiqarişni boşlaş haqidagi qarorni qabul qiladi. Samolyotning sinov nusxasini tayyorlaş Moskvadagi “Strela” maşinasozlik zavodida boşlandi.
Foto: Il-76 çizmasi
Birinçi Il-76'ni tayyorlaş işlariga ikki yil vaqt ketadi. 1971 yil 25 mart kuni u birinçi sinov parvozini amalga oşiradi. Öşa yili may oyida uni Parijda ötkaziladigan xalqaro aviasalonda namoyiş etişadi.
Bu zavod 1941 yilda nemislar SSSRga hujum qilganda Moskva viloyatidan Toşkentga köçirib keltirilgan, öşandan buyon turli rusumdagi samolyotlarni işlab çiqarib kelayotgandi.
1973 yil 5 may kuni seriyali tarzda işlab çiqarilgan ilk samolyot Toşkentdan parvoz qiladi. Köp ötmay Il-76 samolyotlarining harbiylar, fuqaro aviatsiyasida yuk taşiş uçun, yana radiolokatsion ştab körinişida (A-50) boşqa turli rusumlari tayyorlanadi.
1980-yillarning oxirida Il-76'ning yangilangan Il-76MF/TF modeli loyihasi tayyorlanadi. Loyihaga köra u avvalgilariga qaraganda yonilğini 15 foizga kamroq sarflardi. Şuning hisobidan samolyotning yonilği siğimini bir marta töldirganda uçiş masofasi 15-20 foizga uzayardi.
Biroq SSSR parçalanib ketgani sababli mazkur modelni tayyorlaş va sinovdan ötkaziş işlari ortga surilib ketadi. Ilk parvoz 1995 yilga kelib ötkaziladi. Seriyali işlab çiqariş esa 2012 yildan boşlanadi.
Il-76 samolyotlari sovet davrida asosan Toşkentdagi aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida tayyorlangan.
Foto: dzen.ru
Ma’lumot uçun, Toşkentdagi zavodda 1941 yildan 1990 yilgaça qariyb 10 mingta (!) samolyot işlab çiqarilgan.
SSSR parçalanib ketgandan söng birlaşma faoliyati avvaliga sustlaşib qoladi. 1990-yillar örtalarida aviazavod öz faoliyatini töxtatadi va u yerda boşqa turdagi mahsulotlar tayyorlana boşlanadi. 2000-yillarning ikkinçi yarmidan boşlab Il-76 samolyotlarini işlab çiqariş Rossiyada davom ettiriladi.
Il-76 samolyotlaridan şu paytgaça qariyb 1000 dona işlab çiqarilgan. Ulardan 100 dan oşiği eksport qilingan. Hozirgi paytda turli davlatlarda 300 dan ortiq Il-76 samolyotidan foydalanişmoqda. Şu jumladan Özbekistonda ham bunday rusumdagi samolyot bor.
Il-76M – fyuzelyaji qalinroq va yuk kötariş quvvati biroz oşirilgan varianti;
Il-76MGA – fuqaro aviatsiyasida yuk taşişga möljallangan rusumi;
Il-76T – fuqaro aviatsiyasi uçun transport samolyoti;
Il-76MD – yuk kötariş quvvati oşirilgan va uzoq masofalarga uçişga möljallangan varianti;
Il-76TD – yuk kötariş quvvati oşirilgan va eng uzoq masofalarga uçişga möljallangan transport samolyoti. Il-76'lar orasida eng maşhur rusum şu böladi.
Il-76 bazasida tayyorlangan A-50
Foto: alamy.com
A-50 – Il-76 bazasida işlab çiqarilgan radiolokatsion qurilmalar örnatilgan va havo ştabi uçun foydalaniladigan rusumi. 2023 yil oxiri va 2024 yil boşida Ukraina tomoni Rossiyaning ikkita A-50 samolyotini urib tuşirdi. Bu samolyotning har bir donasi 350 mln dollar atrofida narxlanadi.
A-60 – Il-76MD samolyoti asosida işlab çiqarilgan. Bu rusumdagi samolyotlar asosan havo laboratoriyasi vazifasini bajaradi va ularda lazer qurollari olib yuriladi.
Il-76KT – bu rusumdan asosan kosmonavtlar maşq samolyoti sifatida foydalanadi.
Il-78 – bu samolyot ham Il-76 bazasida işlab çiqarilgan bölib, u asosan yonilği olib yuradi. Il-78'dan havoda samolyotlarga yonilği quyişda foydalanişadi.
Il-76MD “Skalpel” – bu samolyot havo gospitali hisoblanadi. Uning borti bölimlarga ajratilgan va turli tibbiy jihozlar joylaştirilgan. U yerda bemalol tibbiy amaliyotlarni (operatsiyalarni) ötkaziş ham mumkin.
Il-76PS – bu rusumdagi samolyot faqat qidiruv va qutqaruv işlarida foydalaniş uçun tayyorlangan.
Il-76TD “Antarktida” – Arktika va Antarktidaga parvoz qiliş uçun maxsus jihozlangan varianti;
flyteam.jp
Il-76MK – bu rusumdagi samolyot asosan desant qöşinlarini taşiş uçun möljallangan.
Bundan taşqari, Il-76'ning yonğin öçirişga moslaşgan va yana bir qator variantlari tayyorlangan.
Il-76 samolyotlarining harbiy maqsadlarda foydalaniladiganlariga juda köplab uskunalar örnatiladi. Jumladan, radiosistema, radiolokatsion va radar uskunalari, navigatsiya asboblari örnatilgan.
Il-76 samolyotining xarakteristikasi
Uzunligi – 46,6 metr;
Qanotlarning uzunligi 50,5 metr;
Oğirligi – 85,5 tonna;
Parvoz oğirligi – 210 tonna;
Yuk kötariş quvvati – 60 tonnagaça;
Yonilği siğimi – 109 ming litr;
Yonilği siğimi bir marta töldirilganda uçiş masofasi;
— Ortilgan yuk 60 tonna bölganda 4 ming km;
— Ortilgan yuk 48 tonna bölganda 5,5 ming km;
— Ortilgan yuk 40 tonna bölganda 6,5 ming km.
Ekipaj soni – 5 kişi;
Desantçilar uçun tayyorlangan rusumiga bir vaqtning özida 126 harbiy joylaşa olgan.
Dvigatellar soni – 4 ta;
Maksimal tezligi – soatiga 780-850 km.
www.wxrw123.com
Il-76 samolyotining yuk ortiş qismi ölçami uzunligi 24,5 metr, eni 3,45 metr, balandligi 3,4 metrni taşkil etgan. Samolyot fyuzelyaj qismi katta bölgani uçun unga yirik hajmdagi yuklarni, köplab harbiy texnikalarni joylaş mumkin.
Il-76 samolyotlaridan qaysi davlatlar foydalanmoqda?
Bugun Il-76 samolyotlaridan asosan Rossiya foydalanmoqda. Şuningdek, Özbekiston, Qozoğiston, Qirğiziston, Turkmaniston, Ukraina, Moldova, Armaniston, Ozarboyjon kabi sobiq ittifoq respublikalarida ham Il-76 samolyotlari bor.
SSSR davrida va keyinçalik Rossiya tomonidan Il-76 samolyotlari köplab xorijiy davlatlarga ham sotilgan.
Jumladan, SSSR va Rossiyaning sodiq ittifoqçilari Kuba, Xitoy, Eron, Şimoliy Koreya, Suriya, Serbiya, Vengriya, Laos davlatlari Il-76 samolyotlarining turli rusumlaridan foydalanib kelmoqda.
Bundan taşqari, bir paytlar SSSR bilan döstona munosabatda bölgan Afrika va Osiyoning qator davlatlari – Jazoir, Angola, Hindiston, Iordaniya, Iroq, Kongo, Liviya, Yaman, Kamboja, Sudan, Zimbabve kabi davlatlar ham IL-76 samolyotlarini xarid qilgan.
commons.wikimedia.org
Il-76 samolyotlari okean ortiga ham yetib borgan. Juda köplab turdagi samolyotlar işlab çiqaruvçisi bölgan AQŞda ham bir neçta xususiy kompaniya Il-76'lardan turli maqsadlarda foydalangan.
Rossiya OAVda berilgan ma’lumotga köra 2021 yil holatiga Il-76 samolyotidan eng köp Rossiyada bor – 110 dona. Keyingi örinlarda Hindiston 24 dona), Ukraina (18 dona), Jazoir (17 dona), Xitoy (16 dona) va Eron (12 dona) joylaşgan.
Yöqotişlar
Turli aviatsiya yangiliklarini yoritib boradigan Aviation Safety Network sayti ma’lumotlariga köra işlab çiqariş boşlangandan buyon 2023 yil söngigaça umumiy hisobda 94 ta Il-76 samolyoti halokatga uçragan. Ularda jami 1 133 kişi halok bölgan.
Bitta holatda Il-76 samolyotini olib qoçişga uriniş bölgan va bu hodisada heç kim halok bölmagan.
Il-76 samolyotlari bilan boğliq eng maşhur hodisa 1996 yilda Afğonistonda sodir böladi. “Tolibon” jangçilari Rossiyaga tegişli Il-76 samolyotini egallab olib, uning ekipajini asir olişadi.
Öşanda Albaniyadan Afğoniston qarşilik kuçlari uçun qurol-yaroğlar olib kelayotgan Il-76'ni “Tolibon”ga tegişli qiruvçi samolyotlar havoda tutib oladi. Söng uni Qandahordagi toliblar nazorat qilayotgan aerodromga majburan qöndiradi.
airplane-pictures.net
Öşanda bir yildan oşiqroq asirlikda bölgan ekipaj a’zolari oxir-oqibat samolyotni "Tolibon" qölidan olib qoçişga muvaffaq bölişadi. Ular Eron va BAA orqali Rossiyaga yetib olişadi.
Il-76 samolyoti haqida qiziqarli faktlar
Il-76 samolyotlaridan hozirda dunyoning 30 dan oşiq davlati foydalanmoqda. Ular orasida hatto AQŞ ham bor.
Il-76 dunyodagi eng köp işlab çiqarilgan harbiy-transport samolyoti hisoblanadi.
Samolyotning örtaça narxi 100 mln dollarga baholanadi. Jihozlanişiga qarab ularning narxi oşib boraveradi. Masalan, Il-76 bazasida tayyorlangan A-50 samolyoti 350 mln dollar atrofida narxlanadi.
Il-76 samolyotlari jami 25 ta jahon rekordlarini örnatgan.
Il-76'dan avvaliga harbiy-transport samolyoti sifatida foydalaniş nazarda tutilgan. Biroq keyinçalik undan transport samolyoti sifatida foydalaniş ommalaşdi.
Hindistonga tegişli Il-76
googglet.com
Bir paytlar Toşkentdagi Çkalov nomidagi aviatsiya işlab çiqariş birlaşmasida yiliga 60 donadan oşiq Il-76 tayyorlangan.
Il-76 samolyotlarining yaroqlilik muddati 30 yil etib belgilangan (yangi rusumdagilarda 35-45 yil).
Il-76 köp funksiyali samolyot hisoblanadi. Undan yonilği ortib yurişda, uzoq masofalarda razvedka kuzatuvlari ötkazişda, yonğinlarni öçirişda, kosmonavtlarni tayyorlaşda, lazer qurollarini taşişda foydalanişadi. Şuningdek, uning uçib yuruvçi gospital varianti ham bor.
Yangi avlod Il-76 samolyotlariga örnatilayotgan har bir dvigatelning oğirligi (tutib turuvçi moslamasi (tyagalari) bilan 14,5 tonna çiqadi. Ularning har biri 12 ming ot kuçiga ega.
Il-76 SSSRda turbodvigatellar bilan işlab çiqarilgan birinçi transport samolyoti hisoblanadi.
Rossiya OAVda yozilişiça, bugun Rossiya kosmik havo kuçlari tarkibida 100 dan oşiq turli rusumdagi Il-76 samolyotlari bor.
Il-76 larning kamçiliklari ham bor. Bular samolyotga zenit-raketa komplekslarini joylab bölmaydi (ular asosan An-124 “Ruslan”da taşiladi). Şuningdek, Il-76'lar uzoq masofalarga, masalan okean oşib qit’alararo uça olmaydi.
Ukrainaga tegişli Il-76
www.telegraphindia.com
Il-76 iştirokidagi eng yirik (köp odam halok bölgan) halokatlar
Bundan bir neça kun oldin 2024 yil 12 mart kuni Rossiyaning Ivanovo viloyatida Il-76 samolyoti qulab tuşdi.
Harbiylarga tegişli samolyot havoga kötarilayotganda uning dvigatellaridan biri uzilib ketgan va Il-76 qulab tuşgan. Oqibatda 8 nafar ekipaj a’zosi va samolyot bortida bölgan 7 yölovçi halok bölgan.
Il-76 bilan boğliq eng yirik halokat 2003 yilda Eronda sodir bölgandi. Eron islom inqilobi muhofizlari korpusiga tegişli samolyot yomon ob-havo şaroitida Kermon şahri yaqinidagi toğga urilib, qulab tuşadi.
Oqibatda 11 nafar ekipaj a’zosi va 264 nafar Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi harbiylari halok böladi. Bu hodisa SSSRda işlab çiqarilgan samolyotlar bilan va Il-76' lar bilan sodir bölgan eng yirik halokat hisoblanadi.
Il-76 bilan boğliq yana bir yirik halokat 2018 yilda Jazoir harbiy-havo kuçlariga qaraşli samolyot bilan sodir bölgandi.
Turkmanistonga tegişli Il-76
RussianPlanes.net
Bufarik şahridagi harbiy baza aerodromidan havoga kötarilayotganda samolyotda yonğin sodir böladi. Oradan bir neça daqiqa ötgaç Il-76 qulab tuşadi va yonib ketadi.
Oqibatda 247 kişi halok böladi. Halok bölganlarning barçasi harbiy xizmatçilar bölişgan. Jazoirda halokatga uçragan samolyot 1994 yilda Toşkentda işlab çiqarilgan va 2015 yilda Moskva viloyatidagi Jukovskiy şaharçasidagi korxonada kapital ta’mirlab berilgandi.
Şuningdek, Il-76 samolyotlari bilan sodir bölgan halokatlarda 1988 yilda Armanistonda 77 kişi, 1989 yilda Bokuda 57 kişi, 2014 yilda Ukrainaning Lugansk şahrida 49 kişi halok bölgan.
Bundan taşqari, 1996 yilda Hindistonning Çarxi Dadri şahri osmonida Qozoğistonga tegişli Il-76 Saudi Arabian Airlines aviakompaniyasiga tegişli Boeing 747 bilan töqnaşadi.
Oqibatda Il-76' da bölgan 37 nafar ekipaj a’zolari va yölovçilar, Boeing 747’da bölgan 312 nafar ekipaj a’zolari va yölovçilar halok böladi.
Qozoğistonga tegişli Il-76
www.planespotters.net
Bir neça holatda ikkita Il-76 samolyotlari özaro töqnaşgan. Jumladan, 1987 yilda SSSR harbiy-havo kuçlariga qaraşli ikkita Il-76 Qrim yarimoroli yaqinida bir-biriga uriladi. Oqibatda har ikki samolyot havoning özida portlab ketadi va ularning ekipaj a’zolari halok böladi.
2009 yilda Maxaçqala şahri aeroportiga qönayotgan Il-76 yomon ob-havo şaroitida aeroportda turgan boşqa bir Il-76 bilan töqnaşadi. Oqibatda 4 kişi halok böladi, 2 kişi tan jarohatlari oladi. Har ikki samolyot ta’mirtalab ahvolga kelib qoladi.