Ivanovo ustida harbiy samolyot yonib ketdi, deb xabar berdi seşanba kuni IvanovoNews va Kstati News naşrlari. Mahalliy aholi vakillari yonğin çiqqan dvigatel bilan uçayotgan samolyot videolarini tarqatgan.

RF mudofaa vazirligi halokat töğrisidagi xabarlarni tasdiqladi. «12 mart kuni soat 13:00 atrofida Ivanovo oblastida Il-76 harbiy-transport aviatsiyasi samolyoti rejalaştirilgan parvozni amalga oşiriş uçun havoga kötarilayotganida halkatga uçradi», — deyilgan xabarda.

Harbiy idoraga köra, qulab tuşgan bortda ekipajning sakkiz a’zosi hamda yetti nafar yölovçi bölgan. «Voqea joyidan olingan hisobotga köra, falokatga samolyot havoga kötarilişi vaqtida dvigatellardan biri yonib ketişi sabab bölgan», — deyiladi bayonotda.

Ivanovo oblasti gubernatori Stanislav Voskresenskiy qurbonlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, ularga barça zarur yordamlar körsatilişini va’da qilgan.

Severniy aeroporti uzoq masofadan radiolokatsion aniqlaş samolyotlari, jumladan A50 samolyotlari dislokatsiya bazalaridan biri hisoblangan. VÇK-OGPU manbasi xabariga köra, Ivanovo oblastida qulab tuşgan Il-76 yölovçilari şunday samolyotning ofitser operatorlari bölişi mumkin.

Guvohlar tomonidan olingan videolarda çindan ham samolyot dvigateli yonayotgani, yonğin öçirilgaç dvigatel tuşib ketgani köringan.

Avvaliga mahalliy pabliklar Ivanovo-Severniy aerodromi hududida tutun ustuni kötarilgani haqida xabar tarqatgandi.

Samolyot Ivanovo-Severniy aeroportiga qöniş uçun qaytayotganida halokatga uçragan, bort Bogorodskoye qişloği hududiga qulagan, hozirda voqea joyida qutqaruvçilar iş olib bormoqda, deb yozgan «Ostorojno, novosti» telegram-kanali.

Baza telegram-kanali xabar berişiça, Ivanovo oblastida qulab tuşgan Il-76 samolyoti öquv parvozini amalga oşirayotgandi.

24 yanvar kuni Belgorod yaqinida boşqa bir Il-76 samolyoti qulagandi. Rossiya mudofaa vazirligi samolyot ukrainlarning Xarkiv oblastida joylaştirilgan zenit-raketa kompleksidan uçirilgan ikkita raketa bilan urib tuşirilganini ma’lum qilgandi.

Rossiya tomoniga köra, samolyot qulaşi oqibatida almaşuv uçun olib ketilayotgan 65 nafar ukrain harbiy asirlari, şuningdek, ekipajning olti a’zosi hamda asirlarni kuzatib borayotgan uç nafar harbiy xizmatçi halok bölgan.

Ukraina tomoni harbiy asirlar ölimini tasdiqlamagan. Rossiya hukumati tasdiqlaşiça, samolyotga Patriot tizimi tomonidan zarba berilgan, buni ğarb naşrlari manbalari ham tasdiqlagan, bu naşrlar asirlarni olib ketayotgan Il-76 samolyotiga xatolik tufayli zarba berilganini bildirgan. Kiyev samolyotga hujum uçun rasman javobgarlikni öz zimmasiga olmagan.

Il-76 harbiy-transport samolyoti desant tuşiriş, şaxsiy tarkib, yuk va jangovar texnikalarni taşiş uçun möljallangan.

23 fevral kuni ukrainalik harbiylar va rossiyalik harbiy blogerlar Krasnodar ölkasida Rossiyaning A-50 samolyot-radari urib tuşirilgani töğrisida xabar berdi. Ukraina qurolli kuçlariga yanvarda ham bunday uçib yuruvçi radar va qömondonlik punkti vazifasini ötovçi samolyotni urib tuşirgani haqida ma’lum qilgandi. Rossiya mudofaa vazirligi bu yöqotişlari yuzasidan izoh bermagan.