Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda o‘tgan saylovda 304 nafar fuqarolar yig‘inlari raisi saylandi
Jizzaxda o‘tgan saylovda mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari uchun o‘quv-seminari o‘tkazildi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Saylovda 304 nafar fuqarolar yig‘inlari raisi va ularning 2 ming 972 nafar maslahatchisi saylandi. Raislarning 234 nafari yoki 77 foizi birinchi marta saylanganlardir.
Yangi saylangan raislarga fuqarolar yig‘inlari faoliyatini tashkil etishga ko‘maklashish maqsadida o‘tkazilgan seminarda O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar yig‘ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq fuqarolar yig‘ini kengashini shakllantirish, fuqarolar yig‘ini faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha komissiyalar va taftish komissiyasini saylash tartibi to‘g‘risidagi masalalar xususida so‘z yuritildi.
Mavzuga oid
18:38 / 17.02.2026
Qirg‘izistonda Konstitutsiyaviy sud navbatdagi prezidentlik saylovi sanasiga aniqlik kiritdi
11:58 / 12.02.2026
Zelenskiy saylovlar haqidagi xabarlarni inkor qildi
19:02 / 11.02.2026
AQSh Kiyevdan bahorda prezidentlik saylovlari va referendum o‘tkazishni talab qilmoqda
16:06 / 09.02.2026