Jahon | 16:42 / 08.07.2016
6524
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniyaga qochqinlar asosan Suriya, Afg‘oniston va Iroqdan tashrif buyurmoqda

2016 yilda Germaniyaga kelayotgan qochqinlar asosan Suriya, Afg‘oniston va Iroq  fuqarolari hisoblanadi. GFR Ichki ishlar vazirligi 8 iyul kuni ana shunday statistik ma'lumotlarni taqdim etdi.

2016 yilning yanvar oyidan iyuniga qadar Gemaniyaga taxminan 171,5 ming suriyalik, 60,6 ming afg‘on va 56,5 ming iroqlik tashrif buyurgan. Shuningdek Erondan 12 ming kishi, Albaniyadan 8 ming, Eritreya va Pokistondan taxminan 7 ming kishi qayd etilgan. Yana 12 ming qochqinning kelib chiqishi “noaniq” deb belgilangan. Bundan tashqari joriy yilda Rossiya Federatsiyasidan 5 ming 277 va Suriyadan 4 ming 696 nafar qochqin kelganligi aniqlangan. IIV rahbari Tomas de Mezerning ma'lum qilishicha, Rossiyadan kelgan qochqinlarning aksariyatini Checheniston fuqarolari tashkil etadi. 

2015 yilning yanvaridan iyun oyiga qadar “mamlakatlar uchligi” quyidagicha ko‘rinishda bo‘lgan: Suriya, Albaniya, Serbiya. 

Yevropa Ikkinchi jahon urushidan beri ilk marotaba ana shunday muhojirlik inqirozini boshdan kechirmoqda. Bunga, birinchi navbatda, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi bir qator qurolli to‘qnashuvlar va iqtisodiy muammolar sabab bo‘lmoqda. YeS Frontex chegara agentligi ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Yevroittifoqda 1,8 million muhojir qayd etilgan. GFR IIV ma'lumotiga ko‘ra, 2015 yilda Germaniyaga 1 milliondan ortiq qochqin tashrif buyurgan. 
 

Mavzuga oid